Shpisbergen

Shpisbergen (norvegcha Svalbard) — shimoliy Muz okeanining g’dobiy qismidagi arxipelag. Maydoni 62 ming km2. Yirik orollari: G’arbiy Shpisbergen, Shimoliy Sharqiy Yer, Yej, Barents. Qirg’oqlari fordlar bilan parchalangan. Relefi tog’li (eng baland joyi 1712 metr, Nyuton tog’i). Maydonining 35,1 ming km2 muzliklar bilan qoplangan. Ko’p yillik muzloklar, issiq buloqlar bor. Iqlimi Arktikaga xos dengiz iqlimi. O’simliklari mox, lishaynik, pakana qayin va tol. Shimoliy G’arbiy Shpisbergen, Forlann milliy bog’lari, rezervatlar tashkil etilgan. Toshko’mir konlari bor. Ma’muriy markazi — Longir, asosiy porti — Barentsburg. Shpisbergenga ilk bor 11-12-asrlarda pomorlar, 1596-97 yillarda gollandiyalik dengizchisayyoh V. Barents borgan. 1925 yilda Norvegiya rasmiy ravishda Shpisbergenni Norvegiya Qirolligi hududi (Svalbard ma’muriy birligi) deb e’lon qilgan.