Shumer, Sumer, Janubiy Mesopotamiya

Shumer, Sumer, Janubiy Mesopotamiya (hozirgi Iroqning Janubiy qismi) dagi tarixiy viloyat. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirigacha Shumerda shumerlar va qisman Sharqiy somiylar — akkadlar yashagan. Taxminan miloddan avvalgi 3-ming yillikda u yerda sinfiy jamiyat va davlat vujudga kelgan. Ilk sulolalar davri (miloddan avvalgi 2700-2300) da Shumerda mixxat paydo bo’lgan. Shumerdagi quldorlik shahar davlatlari (Uruk, kish, ur, Lagash, Akkad va boshqalar) o’rtasida gegemonlik uchun kurash avj olgan. Miloddan avvalgi 24-asrda Akkad hukmdori Sargon butun Mesopotamiyani o’z qo’l ostida birlashtirgan. Keyinchalik Shumer Bobil davlati tarkibiga qo’shib olingan.