Siderik oy

Siderik oy — oyning osmon sferasidagi ko’rinma harakati davomida 2 marta ketma-ket bitta vaziyatdan (yulduzlarga nisbatan) o’tishi orasidagi davr. Oy harakatining notekisligi tufayli Siderik oy doimiy bo’lmay, bir necha soatgacha o’zgarib turadi. Oyning osmon sferasida to’liq bitta aylana hosil qilish uchun kerak bo’lgan davr 27,321661 sutka (27rf07*43ml 1,5 s) ga teng.