SIDRA

SIDRA, katta sirt — O’rta dengizning Liviya qirg’oqlari yaqinidagi qo’ltiq. Uzunligi 115 kilometr, eni kiraverish joyida 465 kilometr. Eng chuqur joyi 1374 metr. Suv har yarim sutkada ko’tariladi (balandligi 0,4 metr). Sidra sohilida Bing’ozi, Marsaal-Breyga, As-Sidar portlari joylashgan.