Signalizatsiya (ogohlantirish)
Signalizatsiya (ogohlantirish) – 1) xavf, favqulodda holat, muayyan hodisa va boshqalarni signalizatsiya qilish uchun asboblar (qurilmalar tizimlari) umumiy nomi; 2) operatorni ogohlantirish va uning e’tiborini jarayon yoki tizimdagi chetga chiqish holatlariga qaratish uchun foydalaniladigan ma’lumot; 3) ob’yektning favqulodda holati (masalan, ishdagi baxtsiz hodisa) to’g’risida ovoz, yorug’lik, tebranish va boshqa signallarni berish uchun odatiy belgilar va asboblar to’plami. Masalan: tovushli signalizatsiya, yong’in signalizatsiyasi, yorug’lik signalizatsiya va hokazolar.