Silikatlar
Silikatlar (lot. Silex chaqmoqtosh) — silikat kislotalarning tuzlaridan iborat murakkab modda- lar. Kristallar shaklidagi S. tabiiy birikmalar ichida juda ko’p uchraydi. Tabiiy S.ning kimyoviy tarkibi va tu – zili shi juda murakkab bo’lganligidan ularni faqat rentgen analizi yordamida o’rganish mumkin. S.ning struktura naza- riyasiga ko’ra, barcha kristall shakldagi S. asosini [SiOJ4~ tarkmbli tetraed- rlar tashkil qiladi. Tetraedrning Mar- kazida Si4+ ioni bo’lib, uni 4 ta kislo- rod ioni qurshab olgan. S. tabiatda tur- li sharoitlarda hosil bo’lishi mumkin. S. otqindi va metamorfik tog’jinslar- ni tashkil etuvchi minerallardir; ba’zi S. (mas, gillar, tseolitlar) nurash nati- jasida hosil bo’ladi. S.ning xossalari ularni tashkil etuvchi tetraedrlarning xiliga, tarkibida suv boryo’kligiga va b. omillarga bog’liq. Ko’pchilik S. kimyo- viy jixatdan barqaror; ular kislotalar ta’siriga chidamli. Ularning rangi tar- kibidagi kationlar tabiatiga boglik,. S.ning qattiqligi Moos shkalasi bo’yicha 4 dan 7 gacha, zichligi 2-4 g/sm3. S.da izomorfizm xrdisasi keng tarqalgan; shunga kura, turli S. o’zaro izomorf ara- lashmalar (Mae andaluzit, sillimanit, kianit va b) hosil qiladi. S. tabiatda keng tarqalgan bo’lib, er pusti massa- sining 3/4 qismini tashkil etadi. Bar- cha ma’lum minerallarning taxm. 1/3 qismi S.dir. S.ning sanoat miqyosidagi ahamiyati katta. Ularning ba’zilari xom ashyo, ruda (nikelning silikatli rudala- ri, berilliy, litiy S. va h.k.), ba’zila- ri nometall foydali qazilma (mas, slyu- da, talk, gil, dala shpatlari, asbest) va qurilish materiali (granit, bazalt va b.), qimmatbaho va ziynat toshlari (zum- rad, topaz, granat, berill va b.) sifatida ishlatiladi. S. parchalanishi natijasi- da kvars (qum) SiO2 hosil bo’ladi; alyu- mosilikatlar parchalanganida esa, kum va kaolin H4Al2Si20 hosil buladi. Tabiiy S. b-n bir qatorda sun’iy S.ning ham a.xamiyati juda katta. Tabiat- dagi deyarli barcha S, shuningdek, tabiat- da uchramaydigan yoki kam uchraydigan S. sun’iy usulda olingan. Sun’iy S. tarki- bi va tuzilishi jihatdan ma’lum dara- jada bir xil bo’lganligi uchun ularning xossalarini o’rganish osonroq. Sun’iy Sdan, ayniqsa, shisha, tsement, keramika, sir, olovbardosh materiallar va b.ning ahamiyati muhim. Komil Tojiev.