Simbioz

Simbioz (Symbiosis — birgalikda yashash) — ikki va undan ortiq turlarning birbiriga foyda keltirib birga yashashi. Simbiotik munosabatlar o’simlik b-n o’simlik, o’simlik b-n hayvon, hayvon b-n hayvon, o’simlik va hayvonlar b-n mikroorganizmlar, mikroorganizmlar b-n mikroorganizmlar o’rtasida bo’lishi mumkin. “Simbioz” terminini nemis olimi A. de bari (1879) taklif etgan. O’simliklar b-n mikroorganizm- lar o’rtasidagi S.ga mikoriza misol bo’ladi. Bunda zamburug’miseliy- si yuksak o’simliklar ildizi b-n S. yashaydi. O’simlik ildizi suv va mi- neral oziqni tuprokdan shimib ola- Di. Zamburug’esa tuprokdagi organic birikmalarning parchalanishiga yor- dam beradi. Azotobakteriyalar dukkak- li o’simliklarning ildizida yashab, havodagi erkin azotning o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishiga yordam beradi. Hayvonlar b-n o’simliklar orasidagi S.ga misol tariqasida bir hujayrali suvo’tlar, ayrim bir hujayrali hayvonlar, bo’shliqichlilar (gidralar, korall poliplar), kiprikli chuvalchanglar o’rtasidagi munosabatlar- ni ko’rsatish mumkin. Suvo’tlar korall poliplar hujayralariga joylashib olib, ularning o’sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Xayvonlar (shu jumladan, odam) b-n mikroorganizmlar o’rtasida ham S. keng tarkalgan. Ichak mikroorganizmlarining ovqat hazm qilishda ishtirok etishi bunga yaqqol misol buladi. Ayrim xasharotlar ichagi- da tsellyulozaning hazm bo’lishi ichakda yashaydigan achitqi zamburug’lari ajra- tib chiqaradigan fermentlar b-n bog’liq. Xuddi shunga o’xshash S. kavsh kaytaruvchi sut emizuvchilar b-n ular oshqozonida yashaydigan infuzoriyalar orasida xam mavjud. Organizmlar o’rtasidagi simbiotik munosabatlar evolyusiya jarayonida katta ahamiyatga ega. 19-a.ning 60y.larida rus olimi A.S.Famintsin lishayniklarni S. yashaydigan organizmlardan iborat ekan- ligini aniqlagan. 20-a. boshlarida K. S. Merejkovskiy bu xildagi evolyusiya ja- rayonini simbiogenez deb atagan. Hoz. za- mon biol.sida S.ga har xil turlarga man- sub organizmlar o’rtasidagi har qanday munosabatlar (parazitizm, kommensa- lizm, mutualizm) tarzida qaraladi. Abdukarim Zikiryoev.