Sinch
Sinch — bino va inshootlar devo- rining taglik yog’och (tagsinch) b-n tepa yog’och (sarrov) o’rtasiga qadaladigan yog’ochlar; uyning “skeleti”. Uyning mustahkamligi, turg’unligi, zilzilabar- doshligini oshiradi. S.ning tagsinch, ustun, hovon, tepasinch (sarrov), bachki- sinch va b. xillari bor. Binolar yakka- sinchli va qo’shsinchli qilib quriladi. Qo’shsinchli devor xona iqlimini mo”tadil tutadi, turli tokcha, taxmonlar yasashga imkon beradi. Odatda, yuk tushuv- chi tashqi devorlar qo’shsinch, ichki devor — to’siqlar esa yakka sinch qilib ishlana- Di. Tagsinch sarrovga S. b-n o’yiq va tir- noklar yordamida qimirlaydigan qilib (zilzilabardosh qilish uchun) birikti- riladi. Xovonlar (tirak S.lar) imo- ratni mustahkam ushlab turadi. S.lar orasiga g’isht, guvala va b. urib devor hosil qilinadi. O’rta Osiyo me’morligi- da S. devorlar keng qo’llanilgan. S.lar qad. davrlar me’moriy yodgorliklari- da ham uchraydi. Hozir ham yakka uyjoy qurilishida S. devor konstruktsiyalari katta o’rin tutadi. Ba’zi zamonaviy ma’muriy va sanoat binolari, imoratlar metall S.lardan karkasli qilib quriladi. Oldin metal S.lar payvandlab biriktirib olinadi (ya’ni “skelet” xreil qilinadi), keyin orasiga g’isht urib chiqiladi.