Sindika

Sindika — 1) Taman yarim oroli va qora dengizning shimoliy Sharqiy sohilidagi hudud va davlat (miloddan avvalgi 5-4-asrlar). Shaharlari: Sind gavani (poytaxt), korokondama, Germonassa, Fanagoriya va boshqalar.; Bospor podsholigi tarkibida (miloddan avvalgi 4-asrdan); 2) Sind gavani, sindlarning qadimgi manzilgohi (hozirgi Anapa shahri hududi). Miloddan avvalgi 4-asrdan Gorgippiya deb atalgan.