Sintagma
Sintagma (Yun. syntagma — qandaydir birikkan, birga qo’shilgan narsa) — 1) og’zaki nutq yoki yozilgan matndan tegishli ran doirasida muayyan intonasionmazmuniy birlik sifatida ajratib olinadigan bo’lak, parcha. Ushbu ma’noda S. bir so’zdan, so’zlar guruhidan va bir butun gapdan iborat bo’lishi mum- kin. Ayrim tadqiqotlarda S. b-n so’z birikmasini tenglashtirish hollari ham uchraydi. Lekin nutq jarayonini kuzatish S. va so’z birikmasi aynan bir narsa emasligini, har doim ham birbi- riga teng kelavermasligini ko’rsatadi. Mas, “biz, yoshlar, mustaqil Vatanimizni sevamiz” gapida 3 ta S. va 2 ta so’z bi- rikmasi mavjud. Minimal intonasion- mazmuniy birlik bo’lgan S.lar gapning ritmik guruhlarini tashkil etadi, ya’ni gapda qancha ritmik guruh bo’lsa, shuncha S. bo’ladi. Gapni S.larga bo’luvchi asosiy vositalarga nutq melodikasi, tezligi, maromi, pauza, so’z urg’usi kabilar ki- radi. S. qismlarining biri (ko’pincha, oxirgisi) bosh urg’u (mantiqiy urg’u)ga ega bo’ladi va bu qism S.ning intonasion markazini tashkil qiladi. S.lar uning tarkibidagi so’zlarning o’zaro aloqasiga ko’ra (predikativ S, atributiv S, relyativ S, ob’ektiv S); gapda tutgan o’rniga ko’ra (tugallanma S, boshlanma S); ularning intonasion zanjirini shakllantirish turiga kura (tugallangan S, tugallan- magan S, kirish S, zidlovchi S, izoxlov- chi S.) tavsiflanadi; 2) aniklovchi — aniqlanmish aloqasi b-n bog’langan ikki yoki undan ortiq til birliklarining iz- chilligi; so’zlar izchilligi (tashqi S.) va morfemalar izchilligi (ichki S.) o’zaro farutnadi. Mas, “uycha” birligi ichki S. bo’lib, undagi “uy” — aniqlanmish, “cha” esa aniklovchi qismdir; “kichkina uy” birligi esa tashqi S. bo’lib, “uy” — aniqlanmish qism, “kichkina” — ani- klovchi qismdir. “S.”terminini ushbu ma’noda dastlab shveytsariyalik olim F.D.Sossyur qo’llagan. Ibodulla Mirzaev.