Sipohiy, sipoh

Sipohiy, sipoh (forsjangchi, askar) -1) Saljuqiylar saltanati- da uncha katta bo’lmagan mulkka egalik qilgan, erkin mulkdor otliq qo’shin vaki- li; 2) Usmonli turk imperiyasi armiyasida aniq shartnoma asosida harbiy xizmatni o’tovchi shaxs. S xizmati evaziga er — ti- Mar berilgan. 14-16-a.larda S.lar turk armiyasining asosiy qismini tashkil qilgan. Turk S.si jangga to’qmoq, oybol- ta, ikki qilich, nayza va o’qyoy b-n otlan- gan. 17-a. so’ngida S. Damashq po’latidan yasalgan zirh va dubulg’a b-n ta’minlan- gan; 3) Eron, O’rta Osiyo xonliklari- da suvoriy askar. Amir Temur, Bobur qo’shinida S. termini faol qo’llangan. O’rta asrlarda qishloq va shaharlarda harbiy soliqni undiruvchi kichik man- sabdor ham S. deb atalgan. Hozir Eronda maorif va sog’liqni saqlash masalalari b-n shug’ullanuvchi yarim harbiy korpus a’zosi; 4) 18-a. o’rtalari — 20-a.ning 40y.larida Hindistondagi yollanma askar. S.lar mustamlakachilar qo’shiniga mahalliy aholi safidan jalb qilingan. Inglizlar S.lardan Hindistonni mu- stamlaka qilishda keng foydalangan. 1857-59 y.lar bo’lgan Xindiston xalq qo’zg’oloiida S.lar ham ishtirok et- ganligi bois bu qo’zg’olon sipohiylar ko’zg’oloni deb nomlangan.