Sirtlar nazariyasi
Sirtlar nazariyasi – diffe- rentsial geometriyankng sirtlar xossa- larini o’rganadigan bo’limi. Asosiy vazifalaridan biri sirt ustida baja- riladigan o’lchashlar; bu o’lchashlar na- tijasida hosil qilinadigan ma’lu- motlar sirtning i ch k i geometriyasini tashkil etadi. Mas, sirt ustidagi chiziq uzunligi, ikki chiziq orasidagi burchak, soha yuzi, geodezik chiziqlar, chiziqning geodezik egriligi va b. ichki geometriya- ga tegishli tushunchalardir. Agar 2 sirt nuqtalari orasida birmabir moslik o’rnatilib, tegishli chiziklar uzunlikla- ri teng bo’lsa, ular izometrik sirtlar deyiladi. Izometrik sirtlarning ichki geometriyasi bir xil bo’lsada, ularning fazoviy tuzilishi boshqacha bo’lishi mumkin (mas, tekislikdagi nuqtaning atrofi tsilindrdagi nuqta atrofiga izo- metrik, ammo tekislik b-n tsilindr FA- Zoviy tuzilishi jihatdan birbiridan katta farq qiladi). S.n.ning muhim tushunchalaridan biri sirtning o’rta egriligi deb ata- luvchi mikdor bo’lib, u bosh egriliklar yigindisi: /s;+/s2dan iborat. Har bir nuqtasida o’rta egriligi nolga teng sirt min i mal sirt deyiladi, bunday sirtlarning fizikada va b. fanlardagi ahamiyati katta.