Sitsiliyadagi qullar qo’zg’oloni

Sitsiliyadagi qullar qo’zg’oloni — Sisiliya orolidagi qo’zg’olon. 1-qo’zg’olon (miloddan avvalgi 136-132) markazi Enna va Agrigent sh.larida bo’lib, uning rahbarlari evn va Kleon nomli qullar bo’lgan. 2-qo’zg’olon (miloddan avvalgi 104-99) qishloqlarda, Sitsiliyaning Janubi g’arbida Salviy, g’arbida Afinion nomli qullar rahbarligida boshlangan. Qo’zg’olonchilar butun Orolni bosib olishgan. Sitsiliyadagi qullar qo’zg’oloni Rim armiyasi tomonidan bostirilgan.