Siyom qo’ltig’i

Siyom qo’ltig’i – Jan. Xitoy dengizidagi qo’ltiq. Malakka yarim oroli b-n Hindixitoy yarim oroli- ning Jan.Sharkiy kismi oralig’ida. Uz. 720 km, eni kiraverish joyida 400 km chamasida. Eng chuqur joyi 70 m. Suv ko’tarilishi har yarim sutkadatakrorla- nadi (bal. 4 m). S.q.ga Menamchaopraya daryosi quyiladi. Siyosat— davlatnn boshqarish san’ati. S. turli ijtimoiy- siyosiy intlar, ijtimoiy qatlamlar, ta- baka va guruhlar o’rtasidagi munosabat- lar b-n boglik. Uning moqiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshi- rish va boshqarish tashkil etadi. S. keng ma’noda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashki faoliyati, siyosiy tash- kilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustu- vor yo’nalishlarini o’zida ifoda etadi. Shunga ko’ra adolatli va adolatsiz, xo- lis va noxolis, insonparvar yoki inson manfaatlariga zid S, demokratik va AV- toritar S. ko’rinishlarini boshkaruvda kuzatish mumkin. Kddimda S.ga jamiyat va shahar- davlat (polis)ni boshqarish to’g’risidagi fan (Platon va Aristotel) sifatida ka- ralgan bo’lsa, hoz. vaktda S. deganda dav- latni boshkarishning vazifa va maksad- lari hamda bu maksadlarni amalga oshi- rish uchun mavjud yoki zarur bo’ladigan ijtimoiy-siyosiy intlar, jamoat boshqarishdagi ishtiroki tushuniladi. Amaliy S. odamlarning sayovchi, deputat va vazir va sh.k. sifatida davlat hayotida faol ishtirok etishini anglatadi. S. o’z ta’sir etish obektiga ko’ra 2 ga: ichki va tashqi S.ga bo’linadi. S. ij- timoiy hodisa sifatida jamiyat hayoti sohalari: iqtisodiy, ijtimoiy, mil- liy, ilmiytexnikaviy, ekologiya, mada- niyat, harbiy va b. sohalarni qamrab ola- Di. Shu tarzda iqtisodiy S, ijtimoiy S, milliy S, demografik S, agrar S, texni- kaviy S, ekologik S, madaniy S, kadrlar Si, harbiy S. va b. yo’nalishlarda namoyon bo’ladi. S. sub’ektlari orqali ham ifo- dalanadi. Mac, davlat Si, partiyalar va jamoat birlashmalari va harakatlari Si va h.k. S. ni tushunishga turli xil yondoshuv- lar bor. Ular teologik, tabiiy, sosial, rasionaltanqidiy yo’nalishlarda S. ning tabiatini tushunish va tushunti- rish b-n bog’liq qarashlardir. Mustabid Sovet davrida S.ni ijtimoiysinfiy nuqtai nazardan tushunish, uning ustu- vor yo’nalishini belgilatshtsa muayyan ijtimoiy qatlam (proletariat) man- faatidan kelib chiqqan holda baholash odat bo’lgan. Bunday yondoshuv S.ning mohiyatini noxolisona tushunishga olib keddi va inson S.ning passiv ob’ektiga aylantirildi. Natijada inson S. b-n emas, balki S. inson b-n shug’ullana bosh- ladi. Oxir oqibatda S. sinfiy manfaat- lar asosida haddan tashqari mafkurala- shib ketdi. S. demokratik, umuminsoniy tamoyillardan ajratilib, milliyma’- naviy xususiyatlarni hisobga olmaydi- gan holga keltirildi, asl mohiyatiga zid bo’lgan ma’no kaob etdi. S . “boshqarish san’ati”ga emas, aksincha, zo’rlik, ta’kib etish vositasiga aylandi. Davlat boshka- ruvida manfaatlar uygunligi buzildi. Siyosiy xayotda “davlat — jamiyat — in – son” munosabati qaror topib, davlat manfaati jamiyat va inson manfaatidan ustun bo’lib qoldi. Mustaqillik tufayli O’zbekiston Respublikasining davlat Si yangicha ma’no va mazmun kasb eta boshladi. Bu S, avvalo, O’zbekiston Respublikasi- ning Konstitusiyasiga asoslanmoqda. O’zbekiston Respublikasining Pre- zidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis siyosiy intlar faoliyati orkali amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda demokratiyaning umuminsoniy prin- tsiplariga rioya qilinishi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadrqimmati va b. daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Bu hol bu- gungi O’zbekiston olib borayotgan S.ning asosiy mohiyatini, uning insonparvar S. ekanligini belgilaydi. Ad.: Karimov I. A., O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat, T., 1993; Leviti n L., O’zbekiston tarixiy burilish palla- sida, T., 2001. Ibodulla Ergashev.