Skandinaviya yarim oroli
Skandinaviya yarim oroli – Evropaning shim.g’arbidagi yarim Orol. Shim.dan Jan.ga qariyb 1900 km ga cho’zilgan, eni 800 km gacha (Evropada eng yirik yarim Orol). Boltiq, Shimoliy, Norvegiya va Barents dengizlari suvi o’rab turadi. Materikdagi chegarasi shartli ravishda Botnik qo’ltig’idan Varanger- Ford qultig’igacha bo’lgan joydan o’tgan. S.ya.o.da Norvegiya, Shvesiya va Finyayan- diyanmng shim.g’arbiy qismi joylashgan. Shim. va g’arbiy qirg’oklari fordlar b-n kuchli parchalangan, arxipelag va Orol ko’p. Yarim orolning Jan. qismi Skager- rak bo’g’ozi va Boxus qultig’i orqali ik- kiga ajralgan. Sharqi va Jan.dagi past, qiya sohil qismi kichikroq buxtalar b-n parchalangan. S.ya.o.ning g’arbiy va shim. qismida Skandinaviya tog’lari (eng ba- Land joyi — 2469 m, Galxyopiggen tog’i), sharqida pastroq Norland yassitog’ligi (eng baland joyi 800 m), Jan.da morena- li pasttekislik, undan janubroqda G’arb, Sharq va Jan.dan sohilbuyi pasttekis- liklari b-n chegaralangan gumbazsimon Smoland qiri (eng baland joyi 377 m) bor. S.ya.o. Boltiq qalqoni va kaledon burmali strukturasida joylashgan. Ma- terik muzlanishining Evropadagi Mar- kazi hisoblangan S.ya.o.dagi muzning qalinligi ayrim joylarda 1500 m ga etgan. Foydali qazilmalardan temir, mis rudalari, titan va qo’rg’oshin, shelf qismida neft konlari bor. S.ya.o.ning aksari qismi mo”tadil mintaqa, chekka shim. qismi subarktika mintaqasida. G’arbida qishi yumshoq dengiz iqlimi (yanv.ning o’rtacha t-rasi shim.da -4°dan Jan.da 2° gacha), yozi birmuncha salqin (8-14°). Yillik yog’in 1000-3000 mm. Skandinaviya tog’lari tepalarida yanv. ning o’rtacha t-rasi -16° gacha, iyulda 6— 8°. Taxm. 5000 km2 maydon muz b-n qoplangan. S.ya.o.ning Sharqiy qismida mo”tadil iqlim kontinental iqlimga o’tib boradi, yanv. ning o’rtacha t-rasi shimda -15° dan Jan.da -3° gacha, iyul- niki 10-17°, yillik yong’in 300-800 mm. Daryo ko’p, sersuv, serostona. gidroe- nergiya zaxirasiga boy. Ko’l kup, ular tek- tonik xarakatlar va muzlik natijasida vujudga kelgan. 40% dan ortiq maydoni o’rmon. G’arbida torf botqokdiklari, Jan.da aralash va keng bargli o’rmonlar bor. Chekka shimoli tundra. Yarim orolda o’rmon hayvonlaridan Los, tulki, kuyon, shim.da bug’u yashaydi. Qush ko’p. Qirg’oqqa yaqin suvlari baliqqa boy.