Skelet
Skelet (lot. skeletos — qurib qolgan) —odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya funktsiyasini bajaradi- gan qattiq to’qimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chig’anoq yoki kutikuladan iborat tashki S. rivojlan- gan. Tashqi kutikula S. chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilar uchun xos. Bo’g’imoyoklilar kutikula siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar koloniyasi umumiy S. — peri-Sark b-n qoplangan. Tropik dengizlarda keng tarkalgan madrepor korallarning ohak Si ham tashqi hisoblanadi. Ichki S. g’ovaktanlilarda rivojlangan bo’lib, ohak yoki kremniy ninalardan iborat. Ignaterililar Si teri osti birikti- ruvchi to’qimasida joylashgan, ohak S. mezodermada hosil bo’ladi. Boshoyoqli mollyuskalaroA bosh miyani himoya qilib turadigan ichki Tog’ay S. mavjud. Tuban xordalilar (bosh qutisizlar)ning ichki Si xordadan tashkil topgan. Umurtka- lilarning ichki Si juda murakkab tu- zilgan bo’lib, bosh, tana, o’q S. (xorda yoki umurtqa pog’onasi, qovurg’alar) va oyoklar sidan iborat. To’garak og’izlilar va tog’ayli baliklarning togay Si hayoti davomida saqlanib qoladi. Suyakli bali- klar va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar Si voyaga etgan davrida, aso- san, suyaklardan tashkil topadi. Tog’ayli baliklarda ichki togay S. b-n birga PLA- koid tangachalardan iborat tashqi S. ham bo’ladi. Suyakli baliklar va quruk^likda yashovchi umurtqalilar tanasining oddin- gi kismi va boshidagi tangachalar bosh qutisi (kalla suyagi) va elka kamari Su- yaklari b-n birikib ketadi. Tangachalar qoldig’i oyoqsiz amfibiyalar tanasida va qorin qovurg’alar shaklida gatteri- yalar va timsohlarda saqlanib qoladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda suyak tangachalar, ya’ni plastinkalar ik- kilamchi holda timsohlar va ayrim kal- takesaklarda paydo bo’ladi; toshbakalar va sovutlilarda esa tashqi suyak sovut hosil bo’lgan. Toshbaqalar sovuti (kosa- si) umurtqa pog’onasi va qovurg’alar b-n qo’shilib ketadi. S. suyaklari va tog’aylar o’zaro harakatchan, yarim harakatchan va harakatsiz birikishi mumkin. Barcha umurtqalilar Si umumiy tar- tibda tuzilgan. Pekin yashash muhiti sharoiti S. tuzilishining o’zgarishiga olib keladi. Muhit sharoiti, ayniqsa, harakat organlari Sning tuzilishiga ko’proq ta’sir qiladi. Chunki yurish, yugurish, sakrash, o’rmalash, suzish, uchish kabi harakatlar Sning har xil tuzilishi b-n bog’liq. Turli xil harakatlanishga moslanish ta’sirida harakatlanish or- ganlari S.dagi ayrim suyaklar kuchli, boshqalari esa kucheiz rivojlanishi, ayrim suyaklar boshqalari b-n qo’shilib ketishi, ba’zan aksincha, suyaklar soni ko’payib ketishi (mas, tovonkaft suyakla- ri) mumkin. Ayrim hollarda harakat organlari butunlay yo’qolib ketadi (oyoqsiz suvda va quruqlikda yashovchilar, ilonlar, ay- Rim kaltakesaklar). Odam Si 200 dan ortiq suyakdan ibo- rat bo’lib, tuzilishi odamsimon may- munlarnikiga o’xshaydi. Odam Si odam- Simon maymunlar sidan kalla suyagi hajmining katta bo’lishi, oyoq va qo’llar, umurtqa pog’onasi, chanoq suyagining boshqacha tuzilganligi b-n farq qiladi. Bunday farqtik yurish va miya hajmining katta bo’lishi b-n bog’liq. Erkaklar S.i oyoq va qo’l suyaklarining nisbatan yiri- kligi, chanoq suyaklari orasidagi teshik kichikligi, ko’krak qafasining kengroq bo’lishi b-n xotin-qizlar S.idan farq qiladi (q. Odam, kalla suyagi, umurtqa pog’onasi). Sohib Rustamov.