Skorodit
Skorodit (Yun. skorodon — sarimsoq; zarb b-n urilganda sarimsoq xidi chiqadi nomi shundan) — arsenat- lar sinfiga mansub meneral, tarkibi G’e {AsO4}2H2O. Tarkibida 7,1% gacha A12O3 bo’lgan xillari — alyumosko- rodit, 16% gacha R,O5 bo’lgan xillari fosfoskorodit deb nomlanadi. Rom- Bik singoniyada kristallanadi. Rangi och yashildan qo’ng’ir tusgacha. Qattikligi 3,5—4,0. Zichligi 3,1—3,3 g/sm3. Kri- stallari dipiramida, tabletka, prizma shakllarida; odatda zich, tuproqsimon agregatlar; po’stloq, sferolitlar may- da kristalli druzalar holida uchraydi. Odatda, ko’pincha oltinni o’zida yig’uvchi mineral — arsenopiritning oksidlani- shi natijasida hosil bo’ladi. S. oltin konining darakchisi sifatida ma’lum. O’zbekistonning ko’p hududlarida uchra- shiga karamay, faqat Burchmullada mu- fassal o’rganilgan. Xorijda Germaniya (Saksoniya), AQSh, Braziliya, Baykalor- ti va Uralda S. konlari mavjud. Toji- kistonning Takeli, Mosrif konlarida uchraydi.