Skripka

Skripka (slavyancha skri — g’ijirlamoq) — torli kamonli musiqa cholg’u asbobi. Skripkasimon cholg’u asbo- blari orasida (S, Alt, violonchel, kon- trabas) etakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali bo’yicha sozla- nadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umu- miy uz. — 600 mm. S.ning klassik shakli 15 —16-a.larda Italiya va Frantsiyada yuzaga kelgan. 17— 18-a.larda shim. Ita- liya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N.Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar S.ning mukammal namunalari- ni yaratishgan. S.lar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. 17— 18-a.lardan S.da yakkana- vozlik san’ati rivojlanib kelmoqda, S. musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada 19-a. da virtuoz skripkachi va mashhur kompo- zitorlar N. Paganini, P. Sarasate va b.ning xizmati katta bo’ldi. 20-a. skrip- kachilaridan F.Kreysler (Avstriya), I. Menuxin (Angliya), I. Stern, I. Perel- man (AQSh), A.S.Mutter (Germaniya), Sh. Mins (Isroil), G. Shering (Meksika), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov (Ros- siya), g. Krem er (Latviya) va b. mashhur. O’zbekistonda M. Reyson, N.Pover, V. Yudenich va b. skripkachilar tanil- gan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan D.Xoliqov, N. Hoshimov, T.Yaxshiboev va b. xalqaro tanlovlarda g’alabalarga erishgan. O’zbekiston kompozitorlari S. uchun kontsertlar (ik. Akbarov, S.Jalil va b.), sonatalar (g. Mushel, N.Zokirov va b.) kabi asarlar yaratishgan. 20-a. bo- shidan o’zbek (Andijon maktabi va b.) so- zandalari ba’zida Sdan g’ijjak o’rnida foydalanishadi.