Smislov Vasiliy Vasilevich

Smislov Vasiliy Vasilevich (1921. 24.3, Moskva) — shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (1950), xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1948), jahonning 7-chempioni (M.M.Botvinnik bilan bo’lgan matchda galabaga erishgan, 1957-58), shaxmat nazariyotchisi. “Uyg’unlikni izlash yo’lida” (1979), “ruxlar bilan o’yinni yakunlash nazariyasi” (1986) kitoblarining muallifi.