Smorodina

Smorodina, qoraqat (Ribes) qoraqatdoshlar oilasiga mansub butasi- mon kup yillik usimliklar turkumi, re- zavor meva. Vatani — Evropa. Sning Ev- rosiyo, shim va Jan. Amerikaning sovuq va mo”tadil, Afrikaning mu’tadil mintaqalarida o’sadigan 150 yovvoyi turi bor. Evropa, Osiyo va shim. Amerikada ekiladi. O’zbekistonda R. janczewskii A. Pojar (Yanchevskiy Si), R. meyeri Maxim (Meyer Si), tog’li hududlarda butazorlar orasida; soylarda, tog yon bag’irlarida yov- voyi holda o’sadi. Sning kora (R. nigrum L), qizil S. (R. rubrum), tillarang S. (R. aureum) va b. turlari ekiladi. Nov- dalari silliq, ba’zan, tikanli, bargi bandli, gullari mayda, yangi o’sib chiqqan novda ko’ltig’ida paydo bo’lgan gulining rangi oq, to’pguli shingil. Mevasi may- da, yumaloq, shingilli, ba’zan donadona, bandidan oson uziladi. Ta’mi shirin, nordon. Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi, undan murabbo, jem, sharbat, vino va b. tayyorlanadi. Ko’proq qora S. ekiladi. Mevasi avg.— sent.da birinketin pishadi. Tar- kibida 4,5—12,8% kand, 2-4,5% li- mon va olma kislotalar, 80-100 mg% xushbo’y moddalar, kaltsiy, fosfor va V, vitaminlari, pektin moddalari mavjud. S. ko’k qalamchalaridan va parxish yo’li b-n ko’paytiriladi. Ko’chati o’tqazilgach, 2-yili hosilga kiradi. O’zbekistonda simbag’azlarga ko’tarib o’stiriladi. Hosil shoxlari 1-3 yil yashaydi. 6-7 yillik shoxlari kesib tashlanadi. 18-20° da yaxshi o’sib rivojlanadi. Qattiq sovuqlarga chidamli. Namsevar, tuproq unumdorligiga talabchan. S. oziq moddalarga boy, sernam, suvni yaxshi o’tkazadigan, er osti suvlari kamida 1,5 chuqurlikda bo’lgan erlarda yaxshi o’sadi. S. ko’chatlari erta bahorda yoki kuzda kagor oraligi 2,5 m, tup oralari 1 — 1,5 m sxe- mada ekiladi. Yoz davomida qator oralari yumshatiladi, 6-12 marta sug’oriladi. Har tupidan 6-8 kg dan hosil olinadi. O’zbekistonda bog’dorchilik, uzumchi- lik, vinochilik i.t. in-tida qattiqetli, O’zbekiston navlari chiqarilgan (1959). Kasalliklari : antraknoz, zang; za- rarkunandalari: barg, novda, g’uncha gal- lisalari, smorodina kurtak kanasi, bit- lar, qalqondorlar. Ad.: Abdullaev R., Yagudina S, Tomorqada etishtiriladigan rezavor me- valar, T., 1989.