SOLIQ HISOB-KITOBLARI
SOLIQ HISOB-KITOBLARI – yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko’zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda soliq organlariga taqdim etilib, o’zida ma’lum hisobot davri mobaynida to’lanishi lozim bo’lgan, hisoblangan to’lovlar summasini aks ettiradi. Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga ko’ra har bir soliq turi bo’yicha alohida-alohida belgilanadi.