Son

Son (tilshunoslikda) -1) mustaqil so’z turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi so’zlar guruhi. S. g’am sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildi- radi va shu jihatdan o’sha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning bel- gisini, ravish harakatning belgisini, S. esa predmetning mikdori, sanog’i va tartibiga kura belgisini bildiradi. S.lar otlar bilan birga qo’llanib, bir necha predmetlarningyig’indisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki noanik, mikdorini (o’ntacha bola) ifodalaydi. S. harflar bilan ifodalanadi (bir, o’n, el- lik) yoki Arab va Rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) ko’rsatiladi. S.lar ma’no xususiyatiga ko’ra, 2 aso- siy turga bo’linadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Mikdor S.lar predmet- ning mikdori, sanog’iga ko’ra belgisini ko’rsatadi. O’zbek tilida mikdor slar 6 turga bo’linadi: sanoq S, dona S, chama S, jamlovchi S, taqsim S. va kasr S. Sanoq S. — predmetning sanog’ini bildiruvchi mikdor S. turi (bir, ikki, o’n, yuz). Dona S. — predmetning mikdorini dona- lab ko’rsatuvchi mikdor S. Bunday S.lar sanoq S. ga ta qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi (beshta kitob, qirkta daftar). Predmetlarni donalab ko’rsatishda S.lar juft, metr, nusxa, na- Far, bosh, tup kabi xisob (numerativ) so’zlar bilan birga qo’llanadi: bir juft qo’shiq, ikki metr atlas, besh tup o’rik va b. Chama S. predmetning noaniq mikdori- ni, taxm. xisobini ko’rsatadi. Mikdor S.ning bu turi 2 usul bilan: sanoq S.ga tacha, lab, larcha affikslaridan birini qo’shish (o’ntacha, o’nlab, o’nlarcha) va tur- li S.larni juftlash yoki ayrim so’zlar bilan birga qo’llash [birikki kun, o’no’n ikki yashar bola, besh oylar chamasi AV- val, o’ttizga yaqin (qariyb o’ttizta) uy buzildi] orqali hosil qilinadi. Jam- lovchi S. bir turdagi predmetlarning yig’indisini ifodalaydi, ularni jam- lab ko’rsatadi; sanoq S.ga ov, ala affiks larini qo’shish bilan hosil qilinadi (beshov, oltov; uchala, to’rtala). Taqsim S. predmet mikdorini teng qismlarga taqsimlash, guruqlash yo’li bilan bil- diradi va sanoq S.ga tadan affiksini qo’shish orqali hosil qilinadi (besh- tadan bo’lib kelmoq, to’rttadan qalam ushlamoq). Kasr S butunning qismlarini bildiradi va, odatda, sanoq S.ning chiqish va bosh kelishik shaklidagi bi- rikmasi orqali ifodalanadi: uchdan ikki ( t ), o’ndan bir ( h ). Yarim (yorti), cho- rak, nimchorak so’zlari ham kasr S.lardir. Tartib S. predmetning anik, mikdorini, ketma-ketligini ifodalaydi. Ular si- fatlarga yaqin bo’lib, ular kabi pred- met belgisini bildiradi; sanoq S.larga —(i)nchi (ba’zan lamchi) affiksining qo’shilishidan hosil bo’ladi: birinchi, ikkinchi, o’ninchi; birlamchi, ikkilamchi. Tuzilishiga kura, S.lar 4 turga bo’linadi: sodda S. — birgina so’zdan ifodalanadi: bir, o’n, ellik, ming; murakkab S. — ikki yoki undan ortiq o’zakning birikuvidan hosil bo’ladi: o’n ikki, qirq besh, bir yuz ellik olti, ikki ming to’rtinchi; juft S. — birdan ortiq S.ning nisbiy teng bog’lanishi asosida tashkil topadi va taxm. mikdorni bildi- radi: besholti kishi, o’no’n besh kun, el- likoltmish xonadon; takroriy S. — bir xil o’zaklarning aynan takrorlanishidan hosil bo’ladi va jamlash yoki taqsimlash ma’nolarini ifodalaydi: birbir aytib chikdi, beshtabeshta bo’lib saflanmoq, kitobni o’ntao’nta qilib taxlamoq. Tarkibiy qismlarining birikish usuli va bildiradigan ma’nosiga ko’ra, S.ning 2 turi farqlanadi: ko’paytma S. — qismlari bildirgan mikdorning ko’paytmasidan iborat bo’lgan mikdor- ni bildiruvchi murakkab S: besh ming (5×1000), uch yuz (3×100), uch million (Zx1000000); qo’shilma S. — qismlari bildirgan miqdorning yig’indisidan iborat bo’lgan mikdorni bildiruvchi S: o’n sakkiz (10+8), etmish besh (70+5) va shu kabi S.lar gapda, asosan, aniqlovchi, o’rniga qarab boshqa barcha ran bo’laklari vazifasida kela oladi; 2) grammatik miqdor ma’nosini ifodalovchi shakllar tizimi; S. kategoriyasi. O’zbek tilida S. kategoriyasining 2 turi mavjud: birlik S. — bir turdagi narsabuyumlardan bit- tasini (o’quvchi, daftar, daraxt); pred- METning bir (yakka) shaxsga tegishlili- gini (ukam, daftaring, qalami); olmosh- larda shaxsning yakkaligini (men, sen, u); fe’llarda harakatni bir (yakka) shaxs bajarishini (oldim, kelding, ko’raman, o’qiysan, boradi) bildiradi; ko’plik S. — predmetning birdan ortikdigini, ko’pligini, uning birdan ortiq (ko’p) shaxsga tegishliligini (kitoblar, da- raxtlar; kitobimiz, maktabingiz, uyla- ri); olmoshlarda shaxsning birdan ortiq (ko’p)ligini (biz, siz, bizlar, ular); fe’llarda harakatni birdan ortiq shaxs bajarishini (bordik, borganmiz, bora- miz; ishlasak, ishlasangiz) bildiradi. Otlarda birlik S.ni ko’rsatadigan Max- sus qo’shimcha yo’q, ko’plik S. esa lar af- fiksini qo’shish orqali hosil qilinadi. Ko’p tillarda birlik S. ko’plik S.ga qaramaqarshi qo’yiladi. Biroq ayrim tillarda (som tillarida, Avstraliya va Amerikaning mahalliy tillarida) ik- kilik S, ba’zan uchlik S. g’am uchraydi. Ad.: O’zbek tili grammatikasi, 1J.; T., 1975; hozirgi o’zbek adabiy tili, 1-qism, T., 1980. Abduvahob Madvaliev.