Sonata

Sonata (ital. sonata, lot. sonare — yangramoq) — kamer-cholg’u musiqasining asosiy janrlaridan. 3 qismli turkum asar, ba’zan 1, 4, 5 qismlilari ham uch- raydi. 3 qismli mumtoz S.ning 1 va 3 qismlari tez, 2qismi vazmin sur’atli- dir. 1-qismi (Sonata allegrosi) 3 yirik bo’limdan tashkil topadi: qaramaqarshi musiqiy mavzularni namoyon qilish (eks- pozisiya), ularni birbiriga taqqoslab rivojlantirish (2-bo’lim), so’ngra aso- siy kuylarni o’zaro yaqinlashtirib bir- lashtirish (repriza). “S.”atamasi 16-a. dan ma’lum bo’lib, avvalboshda Kanta- tadan farkdi o’laroq har qanday cholg’u pesa ham S. deyilgan. 17-a. boshlarida S.ning 2 ko’rinishi (cherkov S.si va kamer S.) shakllandi. 18-a. o’rtalarida D. Skar- latti, F. E. Bax klavir S.lar yozishgan, Y. Gaydn, V. Mosartlar S.ning mumtoz namunalarini yaratdilar. S. rivoji va yuqori cho’qqilarga chiqishida L. Betxoven S.lari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. L. Betxoven S.ni rang-barang mavzu va maz- Mun, murakkab shakl bilan boyitib, janr imkoniyatlarini kengaytirdi. F. Sho- pen, R. Shuman, F. List, I. Brams, E. Gri- glar S. rivojiga katta hissa qo’shdilar. Romantizm davri va 20-a. kompozitorla- ri ijodida ham S. asarlari muhim o’rin egalladi. O’zbekistonda ilk S.larni 1940-50 y.larda ik.Akbarov, F. Na- zarov, g. Mushel, A. Kozlovskiy kabi kompozitorlar yaratishgan. Keyinchalik, E. Solihov, N. Zokirov, A. Ergashev, D. Saydaminova, H. Rahimov, N. G’iyosov va b. kompozitorlar ijodida rivojlangan. S.ning kichik hajmdagi turi — so- natina o’zining soddaligi, ijro uslubi- ning oddiyligi bilan ajralib turadi.