So’roq gap

So’roq gap — gaplarning kuza- tilgan maqsadga ko’ra turlaridan biri; so’zlovchining biror noma’lum va noaniq narsahodisani bilish uchun tinglovchiga murojaatini ifodalovchi, so’roq mazmun- li ran. Asosiy xususiyati (vazifasi)ga ko’ra S.g.lar 2 turli bo’ladi: sof S.g.lar va ritorik S.g.lar. Sof S.g. tinglovchi- dan javob talab qiladi (Olimjonni kachondan beri bilasiz?). Ritorik S.g. o’zida tasdiq yoki inkor mazmuni bo’lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gapdir (shunday go’zal Vatan bormi du- nyoda? Bolani kim sevmaydi?). Ba’zi S.g.larda so’roq mazmuni bilan birga shubha, hayrattaajjub, buyruq ma’nola- ri xam sezilib turadi (Yopiray, shu ishni sen bajardingmi? Tezroq bormaysizmi? — Tezroq boring). S.g. quyidagi vositalar yordamida tu- ziladi: 1) ran tarkibida mustaqil so’roq so’zlar (kim, nima, qachon, qaerda, qancha, necha, nega kabi so’roq olmoshlari) yor- damida (uni kim ko’ribdi? Qachon kela- siz?); 2) mi, chi, a(ya) va b. so’roq yuklama- lari yordamida (kecha teatrga bordingmi? — Yo’q. — Bugunchi? Bugun borasana?); 3) so’roq olmoshlari va so’roq yuklamalari bo’lmaganda, so’roq ohangining o’zi bilan hosil qilinadi (familiyangiz? Ismin- giz? Kecha ko’rinmadingiz?).