Sovuq olishi

Sovuq olishi (tibbiyotda) to’qimalarning zararlanishi. S.o.da to’qimalar zararlanishiga, asosan, qon tomirlarining sovuq ta’sirida davomli torayishi natijasida ularda ro’y bera- digan turg’un o’zgarishlar sabab bo’ladi. Faqat qattiq sovuq kunlari emas, bal- ki yog’ingarchilik va shamolli havoda harorat nul daraja atrofida bo’lganda ham so. mumkin. Kishi uzoqvakt sovuqda bo’lganida termoregulyasiyaning tabi- iy mexanizmlari gavdaning periferii qismida joylashgan organlar t-rasini normal holatda saqlay olmay, astasekin qon aylanishi pasayadi, keyin vaqtincha to’xtab ham qoladi. Organizm sovuqqa bardosh berolmaydi, to’qimalarda chuqur o’zgarishlar ro’y beradi, hujayralar o’ladi. Qon tomirlar spazmi belgilari- dan biri — organning sezish qobiliyati yo’krlishi va terining oqarishidir. Tor kiyimbosh va poyabzal (qon aylanishi- ni qiyinlashtiradi), nam kiyim kiyish, kasalliklar oqibatida organizmning kuchsizlanib qolishi, qon yo’qotish va b. S.o.ga sabab bo’ladigan omillardir. Ko’pincha qo’l va oyoq barmoqlari, bu- Run va quloq chig’anog’ini sovuq oladi. Bilak, boldir bo’g’imlarining yuqori qismi va gavdaning katta sathi (dumba, qorin va b.)ni S.o. kamdankam uchraydi, odatda, kishi muzlab qolgandagina bu sohalarni ham sovuq oladi. Gavdaning sovuq olgan qismi o’ziga xos ko’rinishda bo’ladi; teri oqaradi yoki ko’kimtir tus- ga kiradi, qo’loyoqlar qotib qolgandek tuyuladi. Issiq qilingach, sovuq olgan joylar darrov shishadi, so’ngra S.o. da- rajasiga qarab to’qimalarda yallig’li o’zgarishlar ro’y beradi yoki ular o’ladi (nekroz). Sovukdan zararlanish holatiga ko’ra, S.o. 4 darajaga bo’linadi. 1dara- jali S.o. ancha engil bo’lib, zararlangan joy isitilgach shishadi va teri ko’kimtir tusga kiradi; 2darajali S.o.da teri- da tiniq suyuqlik yig’ilgan pufakchalar paydo bo’ladi; 3darajali S.o. og’ir kecha- Di, terida qon aralash suyuklik yig’ilgan pufakchalar paydo bo’lib, bir necha kun- dan so’ng ular o’rnidagi to’qimalar o’ladi va irib tushib ketib, o’rnida chandiqlar hosil bo’ladi. S.o.ning 4darajasi juda og’ir kechadi, bunda faqat teri shikast- lanib qolmay, boshqa yumshoq to’qimalar va hatto suyak ham o’zgarishlarga uchray- Di, natijada to’qimalar o’ladi. Vakt o’tishi b-n ular qorayib, qovjirab quriydi va astasekin tushib ketadi. Jarohatlarning bitishi bir necha hafta va oygacha cho’zilishi mumkin, bu S.o.ning og’irengilligi, sovuqning qancha vaqt ta’sir qilganligiga bog’liq. Shuning uchun sovukdan zararlangan kishini darhol issiq uyga olib kirib, uncha issiq bo’lmagan grelka qo’yib isitish va zudlik b-n kasalxonaga jo’natish kerak. S.o.ning oldini olish uchun organizm- ni sovuqqa chiniqtirish lozim. Sovuqqa chidamli kishilar organizmda issiqlik hosil bo’lishi birmuncha shidtsatliroq boradi, bu esa terining qon b-n ta’min- lanishini yaxshilaydi, tananing sovuqqa chidamliligini oshiradi.