Soya, so’ya

Soya, so’ya (Glycine) — dukkakdosh- larga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. 10 turi Afrika va Jan. Sharqiy Osiyoning nam tropik va sub- tropiklarida, 1 yovvoyi turi uzoq Sharqda uchraydi. Vatani — Xitoy. S. juda qadimdan ekiladigan ekin. Mil. AV. 5ming yillikdan boshlab ekib ke- linadi. AQSh, RF, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Ukraina, Moldaviya, Gruziya va O’zbekistonda etishtiriladi. Jahon bo’yicha S. ekin mayd. 73,6 mln. ga, o’rtacha don hosildorligi 22,1 ts/ ga (2000): O’zbekistonda 20-a.ning 60y. laridan keng tarkala boshladi. Oddiy S. (G.max) turining ildizi yaxshi ri- vojlangan, o’q ildiz, sershox, tuproqqa 2 m chuqurlikkacha kirib boradi, asosiy qismi haydalma qatlamda joylashadi (ildizida tuganak bakteriyalar rivojla- nadi). Poyasi dag’al, tsilindrsimon, tik usadi, ammo yotib qoladigan navlari ham bor. Buyi 15 sm dan 2 m gacha, shoxlanadi, yon shoxlari 2-8 ta bo’ladi. Bargi ser- tuk, bandli, bandining uz. 8-20 sm, barg shapalog’ining uz. 13-15 sm., Guli may- da, oq yoki pushti, shingil gulto’plamga yig’ilgan, barg qo’ltig’ida joylashadi. Mevasi dukkak, sariq, qora, qo’ng’ir, ser- tuk. Har bir dukkagida 2-6 ta don bor, 1000 ta doni vazni 40-425 g. Tarkibida 24-45% oqsil, 13-37% yog’, 20-32% uglevodlar, 1-2 % lisitin, D. V, E va b. vitaminlar bor. Urug’idan yog’, oqsil va lisitin olinadi. O’suv davri 75-200 kun. S. issiqsevar va namsevar, yorug- sevar qisqa kun o’simligi. 21-23° da yaxshi rivojlanadi. Urug’i 8-10°da unib chiqadi. S. uzidan changlanadi. Gullash davri 15-55 kun davom etadi. Undan S. uni va moyi (q. Soya moyi) olinadi. Doni, pishib etilmagan (dumbul) dukka- gi ovqatga ishlatiladi. S. unidan sut, tvorog, kandolat mahsulotlari tayyor- lashda foydalaniladi. Somoni, tuponi, ko’k poyasi, silosi ozuqa sifatida chorva mollariga beriladi. O’zbekiston sholi- chilik in-tida 1981-88 y.larda S.ning O’zbekiston 2, O’zbekiston 6, Do’stlik navlari chikarilgan va barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan. Kasalliklari: bakterioz, septorioz, askoxitoz, fuzarioz. Zararkunandalari: tunlamlar, o’rgimchakkana, qorakuya. Xolima Otaboeva.