Spermatozoid

Spermatozoid (sperma va Yun. zoon — tirik organizm va eidos — ko’rinish) — odam, hayvon va ko’pchilik o’simliklarning erkaklik jinsiy hujayrasi. Odam va hayvonlarda urug’donda pushthujayrasi (spermato- goniylar)p,dm hosil bo’ladi. S.ning boshchasi, bo’yni, tanasi va dumi bo’ladi. Odam va ko’pgina umurtqasiz hamda umurtqali hayvonlar Si XIV- chinli yoki dumli bo’lib, ular yordamida harakat qiladi. Ba’zi chuvalchanglar, mingoyoqlar, qisqichbaqasimonlar va ka- nalar Si dumsiz va turli shaklda, amyo- basimon harakatlanadi. S. uzunligi bir necha o’n mkm dan yuzlab mkm gacha, hasharotlarda bir necha mm. Gistoki- myoviy usullar yordamvda S. tanasida oksidlanishqaytarilish fermentlari, glikogen, fosfolipidlar va ATF borli- gi aniklangan. Bu hol S. tanasi energiya manbai ekanligidan dalolat beradi. Mu- xit t-rasi, osmotik bosimi, kislotali- ligining o’zgarib turishi S. funktsiyasi- ning buzilishi va tezda g’alok bo’lishiga olib keladi. S. mikdorining kamayishi (oligozoospermiya) ko’pincha bepushtlikka sabab bo’lishi mumkin. O’simliklarda harakatchan S. (Antero- Zoid)lar anteridiylarda hosil bo’ladi. Ko’pchilik urug’li o’simliklar Si XIV- chinsiz, faol harakatlanmaydi; ular spermiylar deb ataladi. Yashil va qo’ng’ir suvo’tlar, ayrim tuban zamburug’lar, yo’sinlar, qirqquloqlar, qirqbo’g’imlar, plaunlar, sagovniklar va Ginkgo S.ining 2 va undan ko’proq xivchini bo’ladi. S.lar tsellyuloza qobig’ining bo’lmasligi, ko’pincha mayda (ayrim sagovniklarda yirik) bo’lishi bilan o’simliklarning boshqa hujayralaridan farq qiladi.