Spiral galaktikalar

Spiral galaktikalar – tash- ki ko’rinishi spiralni eslatuvchi gigant yudduz sistemalari. Teleskopda kuzatil- ganda katta Ravshan yadrosi ko’rinadi, uning atrofini yadrodan boshlanuvchi spiralsimon bir necha shoxobcha o’rab tu- radi. S.g. ko’pincha bir tomonga o’ralgan ikki shoxobchadan iborat bo’ladi. Ba’- zan daraxt shoxchalariga o’xshash erkin shoxobchali S.g. kuzatiladi. Hatto bit- ta tarmokli S. g. mavjud. Hamma sho- xobchalar deyarli bir tekislikda, ya’ni Galaktikaning aylanish tekisligida joylashgan. Andromeda tumanligi ham, bizning Galaktika ham S.g. (Somon yu- liijj ayrim qismlari ikkiga ajralgan holda ko’rinadi) hisoblanadi. Astro- nomik kuzatishlardan Quyosh sistemasi spiral tarmoklar orasidagi oralikda joylashganligi anikdangan. Ayrim S.g. (mas, NGC 1300) da tarmoklar yadrodan emas, balki u bilan “ko’prik” vositasi- da bog’langan va undan bir necha o’n parsek masofadan boshlanadi. Bunday S.g. uzil- gan S.g. deb ataladi. S.g. o’z o’qi atrofi- da aylanadi. Aylanish tezligini o’lchab, galaktikalarning massasini taxm. xiso- blab chiqarish mumkin (yana q. Galaktika, Galaktikalar).