SPITAMEN QO’ZG’OLONI
SPITAMEN QO’ZG’OLONI – Sug’diyona va Baqtriyada Aleksandr bosh- chiligidagi yunonmakedon istilochila- riga qarshi ozodlik harakati (mil. AV. 329-327 y.lar). Rahbari — Spitamen. Mil. AV. 329 y. kuzida boshlangan. SPI- TAMEN boshchiligidagi qo’zg’olonchilar Marokanda (Samarqand)dagi yunonmake- don garnizonini qirib tashlab shaharni egallaydilar. Aleksandr ularga qarshi Farnux boshchiligida 3 ming piyoda va 800 otliq qo’shin jo’natgan, Spita- men Politimet (Zarafshon)ning quyi oqimidagi erlarga chekingan. Bu erda ko’chmanchilarning otliq qo’shinlari bi- lan birlashib hujumga o’tadi. To’satdan qilingan hujum natijasida yunonma- Kedon qo’shinining katta kismi qirib tashlangan, qolganqutganlari esa shahar qal’asiga yashiringan. Spitamen yana Marokandani qamal qilgan. Aleksandr Spitamenga qarshi Andromax, Menedem va Karan boshchiligida otliq va piyoda qo’shin yuborgan. Spitamen bundan xabar topib o’rmon orasidan o’tadigan yo’lga pistirma qo’yib, ularga to’satdan hujum qilgan. U mazkur jangda o’zgacha harbiy usul qo’llagan. Har bir otga 2 tadan jangchi mindirilgan. Ular dushmanga 2 tomondan zarba berar, biri nayza, qilich yoki kamon bilan hamla qilsa, 2si tosh bi- lan urib, yovning boshini majaqlar edi. Bu jangda dushman katta talafot ko’rgan. Shundan keyin Spitamenga qarshi Alek- sandr asosiy kuchlari bilan otlangan, Spitamen cho’l ichkarisiga chekingan. Aleksandr uni ta’qib etmagan, lekin Zarafshon vohasining tinch aholisidan qattiq o’ch olgan (120 ming kishi qirib tashlangan), shahar, qishloqlarni vay- Ron qilgan, ekinlar, bog’larni yondirgan. Aleksandr Sug’diyonadagi bir necha qal’a va poytaxt Marokandada katta qo’shin qoldirib, o’zi qolgan kuchlari bilan qishlovni o’tkazish uchun Baqtriya (ba’zi ma’lumotlarda — Navtaka)ga qaytgan. Mil. AV. 328 y. bahorida qo’zg’olonning 2bosqichi boshlangan. Ko’plab sug’diylar turli qal’alarda to’planib yunonmakedon hokimlarini tan olmaganlar. Bu davrda Sug’diyona qo’zg’olonning o’chog’i bo’lgan. Spitamen Aleksandrning yo’k^igidan foydalanib raqibining orqa tomonidan aylanib o’tib, 600 otliq bilan Baqtriyada yunonlarga qaqshatqich zarbalar berib turgan. Yunonlar lashkarboshisi Ken Spitamenga qarshi chiqib, uni dashtga chekinishga majbur qilgan, Spitamen za- rafshonning quyi oqimi bo’ylariga ket- gan. Mil. AV. 328 y.ning kuzida Spitamen bu erdagi qal’alardan birini egallab, 3 ming otliq bilan Sug’diyona poytax- ti tomon yurgan. Yunonlar butun kuchla- rini unga qarshi tashlaydilar, jangda qo’zg’olonchilar mag’lubiyatga uchraydilar. Sug’diy va baqtriyalik zodagonlarning bir qismi Spitamenga xiyonat qilib istilochilar tomoniga o’tib ketganlar. Mil. AV. 328 y. oxirida Spitamen Xoi- nona o’ldirilgan. Ayrim tarixchilar uni Aleksandr hujumidan qo’rqqan massaget- lar o’ldirgan deb hisoblaydilar. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Spitamenni o’z xotini o’ldirib, boshini Aleksandr huzuriga keltirgan, biroq Iskandar uni o’ta sovuq kutib olgan. Shunga qaramay, S.q. tugamagan, uning 3bosqichi boshlan- gan. Shu tufayli Aleksandr mil. AV. 328— 327 y.lar qishlovini Sug’dda o’tkazishga majbur bo’lgan. Qo’zg’olonchilar tog’ qal’alarida kurashni davom ettirgan- lar. Hoz. tadqiqotlarga ko’ra, ular Jan. Sharkay hududlarda joylashgan. Alek- sandr mahalliy aholi qarshiligini kuch bilan enga olmasligiga ishongach, ular- ga yaqinlashishga qarakat qilgan, ularga nisbatan siyosatini o’zgartirgan. Tog’li hududlardagi qo’zg’olon boshliqlari OK- siart, Sisimitr, Xorien kabilarni afv etib, molmulkini qaytarib bergan. OK- siartning qizi Roxshanakka uylangan. Mahalliy zodagonlarning aksariyati Aleksandr hokimiyatini tan olib uning xizmatiga o’tib ketishgan. Mil. AV. 327 y. oxirida Sug’diyona Aleksandr tomonidan batamom egallanib, qo’zg’olon bostiril- gan. Ad.:Arrian Flaviy, Poxod Aleksan- dra, M.—L., 1962; O’zbekiston xalq^ari tarixi, 1J., T., 1950; Shaxermayr F., Aleksandr Makedonskiy, M., 1986; Gafu- rov B., Tsibukidis D.I., Aleksandr Make- Donskiy i Vostok, M., 1980. Bahodir Eshov.