Statistik fizika
Statistik fizika – nazariy fizika bo’limi. Juda kup mikdorda- gi bir xil zarralar (molekula, atom, elektron va b.)dan tashkil topgan makro- skopik jismlar, ya’ni tizimlar xossa- larini alohida zarralar xossalari va ularning o’zaro ta’sirlariga asoslanib o’rganadi. Agar tizim soni cheklangan molekulalardan tashkil topgan bo’lsa, klassik mexanika qonuniyatlaridan foy- dalanib tizimdagi fizik hodisalarni o’rganish mumkin. Buning uchun moleku- lalarning boshlang’ich vaqtda fazodagi o’rni, tezligi va ular orasidagi o’zaro ta’sir kuchlarining xarakteri ma’lum bo’lsa, har bir molekula uchun harakat tenglamasini tuzish, keyingi istalgan vaqtda hamma molekulalarning fazoda- gi urinlarini, tezliklarini aniklash mumkin. Bu ma’lumotlar, o’z navbatida, turli fizik kattaliklarni, mas, moleku- lalarning idish devoriga ko’rsatayotgan bosimini va b. fizik kattaliklarni hisoblashga imkon beradi. Mas, tra 0° va bosim 1 ATM bo’lgan sharoitda, 1 sm3 hajmdagi gaz molekulalarining soni taxm. 2,7YU19 dona bo’ladi. Bunday ko’p sonli molekulalarning harakat tengla- malarini echish, molekulalarning biror vaqtda fazodagi o’rni va tezliklari- ni aniklash mumkin emas. Ikkinchi to- mondan kup sonli zarralardan tashkil topgan tizimda aloxida zarralarga xos bo’lmagan yangi xususiyatlar yuzaga keladi. Mas, muayyan muvozanatda turgan gazning fizik xossalari har bir molekulaning boshlang’ich vaqtdagi holati, tezligi, yo’nalishi va b.ga bog’liq bo’lmay qoladi. S. f.da tizimni tashkil etuvchi kup mikdordagi zarralar xususiyatlarini ularning dinamik nuktai nazardan xarak- terlovchi fizik kattaliklar qiymatlari bo’yicha taqsimot qonunlarini o’rganib, bu qonunlar asosida hisoblangan o’rtacha fizik kattaliklar erdamida tizim xusu- siyatlari aniklanadi. Tizimni tashkil etgan zarralar klas- sik mexanika yoki kvant mexanika asosi- da tavsiflanishiga qarab, S. f.ni klas- sik statistika yoki kvant statistika dey- iladi. Kvant statistika umumiyroq va aniqroq bo’lib, klassik statistika uning xususiy holidir. Ammo hoz. zamonda juda ko’p masalalarni hal qilishda klas- sik statistika etarlidir. S.f. 2 bo’lim: muvozanat S.f. va no- muvozanat S.f.dan iborat. Nomuvozanat jarayonlar S.f.si muvozanati buzilgan tizimlardagi jarayonlarning borishi- ni ifodalovchi tenglamalarni moleku- lyar tuzilish nuqtai nazaridan kelti- rib chiqarish, kinetik koeffisientlar (issiqlik o’tkazuvchanlik, diffuziya, yopishkrkdik)ni molekulyar xarakteri- stikalar orqali ifodasini aniklash va nomuvozanat termodinamikani asoslash kabi masalalar bilan shug’ullanadi. Muvozanatli jarayonlar S.f.si muvoza- natsiz jarayonlar S.f.sining xususiy xoli bo’lib, termodinamik muvozanat- dagi tizim xossalarini, ular orasida- gi bog’lanishlarni, shuningdek, termo- dinamikaning asoslash masalalarini o’rganadi. S.f. ning rivojlanishi, asosan, 19-a.ning o’rtalaridan boshlangan. Unga J.Maksvell, R.Klauzius, L.Bolsman, 20-a.da esa nemis fizigi P.Drude, G.Lorents, J.U. Gibbs, polyak fizigi M.Smoluxovskiy, A.Eynshteyn, Sh.Boze, E.Fermi, P.Dirak va b. S.f.ning rivoj- lanishiga hissa qo’shishgan. Ad.: Anselm A.I., Osnovo’stati- sticheskoy fiziki i termodinamiki, M, 1973; Vasilev A.M., Vvedenie v stati- sticheskuyu fiziku, M., 1980. Abror No”monxo’jaev.