Stenobiontlar
Stenobiontlar (Yun. Stenos — tor va bios — yashovchi) — tashki sha- roit omillari yoki omillar guruhi o’zgarmaydigan doimiy muhitda yashovchi organizmlar. Haroratga nisbatan steno- biontlik stenoterm, shurlanishga nisba- tan —stenogalin, gidrostatik bosimga nisbatan — stenobat deyiladi. Steno- biontlik namlikka, tuproqning kimyoviy tarkibiga nisbatan ham bo’ladi. Muayyan omilni kam mikdorda talab kiladigan yoki talab kilmaydigan organizmlarga nisbatan omil nomiga FOB qo’shib ishla- tiladi (mas, galofob, kaltsefob va b.). S.ga faqat bitga hayvon turida parazit- lik qiluvchi yoki simbioz yashovchi, okean- ning muayyan chuqurligi bilan bog’langan, g’orda va nam tropik o’rmonlarda tarqalgan organizmlar kiradi. Birda- niga bir necha omillarga nisbatan steno- biont organizmlar ham bo’ladi. Mac, tog’ daryolarida yashaydigan baliklar yuqori harorat va kislorod tanqisligiga, nam tropik o’rmonlarda tarqalgan hayvonlar va o’simliklar nam tanqisligi va pastki haroratga nisbatan S. bo’ladi. Stenobi- ontlik turning tarqalishini cheklab tu- radi. S.ga qaramaqarshi jarayon evribi- ont deyiladi.