Steviya

Steviya (Stevia rebaudiana Bext.) — murakkabguldoshlarga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Vatani — Pa- ragvay. Yaponiya, Xitoy, Indoneziya, Bol- gariya vab. mamlakatlarda o’stiriladi. Bo’yi 1,5 m ga boradi. Barglari yirik, uz. 4-7 sm, qaramaqarshi joylashgan, tukli. Qisqa kun o’simligi, kuzda gullaydi. Is- siklikka va namga talabchan subtropik ekin. S. bargida (6,0%-6,5%), poyasida (1,5%) va ildizida (0,6%) shirinligi saxarozaga nisbatan 150-300 barobar yuqori bo’lgan kimmatbaho steviozid moddasi bor. Steviozid konditer sanoatida, salqin ichimliklar, sharbat, saqich, har xil shirinliklar va konservalar tay- yorlashda shakar o’rnida keng miqyosda ishlatiladi, undan doridarmon si- fatida, qand diabeti kasalligiga va modda almashinuvi buzilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa kasalliklarni da- volashda foydalaniladi. Uni urug’idan ko’paytirishga nisbatan qish faslida issiqxonada, yozda esa bevosita dala- ning o’zida qalamchalaridan ko’paytirish oson. Qalamcha ko’chatlari apr.ning 2-yar- mida, tuproq harorati 14-15° bo’lganda 60×25—40, 70×25 — 30 va 90×15—20 sm sxemada namlangan pushtaga ekiladi. Bahorda va kuzda xdr 10 -12 kunda, yozda 6-8 kunda sutorilib turiladi. Qator oralari o’suv davrida 4-5 marta kulti- vasiya qilinadi. Sning hosili ko’k bargpoya bo’lib, ve- getasiya davrida 2 marta — iyun va okt. oylarida shonalagan davrida o’rib oli- nadi. Quruq barg bo’yicha hosildorligi 6-25 ts/ga. Sanoatda qayta ishlanib, ste- viziod moddasi olinadi. 1986 y. S. urug’i va ko’chati O’zbekistonga Paragvaydan olib kelin- gan. O’zbekiston o’simlikshunoslik i.t. in-tida 1987-88 y.larda o’simlikning biologiyasi va uni ko’paytirish usul- lari o’rganiladi. Sning Shirin va sha- karbarg navlari yaratidtsi (1994) va O’zbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun Davlat reestriga kiritiddi. Ad.: Kim Yu. M., Steviya — Novaya sa- xaronosnaya kultura. SB. “Ispolzova- niya mirovo’x kollektsiy rastitelnix resursov dlya sozdaniya sortov intensiv- nogo tipa v usloviyax Sredney Azii”, T., 1991. Botir Azimov.