Stomatologiya

Stomatologiya (Yun. stomatos — og’iz va … logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; og’iz bo’shlig’i a’zolari: til, lab, lunj, og’iz shilliq pardalari hamda yuzjag’sistemasi va unga yondosh soha ka- salliklarini, ularni keltirib chikara- digan sabablarni va mazkur kasalliklar- ning oldini olish usullarini o’rganadi. Og’iz bo’shlig’i a’zolari kasallikla- ri Gippokrat, Ibn Sino, Galen, Tsels va b. olimlar tomonidan tavsiflangan. Ibn Sino asarlarida ilk bor tishlar qamashishi va og’riqlarining tabiati bayon etilib, shunday hollarda nima- lardan foydalanish ko’rsatilgan. 14-a. da frantsuz vrachi Gide Sholiak tish sug’uradigan asbob ixtiro qildi. 15- a. oxirida italyan vrachi J. D. Arkale tishni oltin, qo’rg’oshin va qalay fol- gasi bilan plombalash mumkinligi- ni ko’rsatadi. 17-18-a.larga kelib S. klinik tibbiyotning mustaqil sohasiga aylandi. 19-a. da tishni plombalash va yasama tishlar tayyorlash texnikasi puxta ishlab chiqildi. 19-a. oxiri —20-a. ning birinchi yarmida fiziologiya, anatomiya, patologiya, biokimyo va b. fanlarning taraqqiyoti stomatologik kasalliklar etiologiyasi, patogenezi, davolash chora- lari va profilaktika tadbirlarini ish- lab chiqishda muqim ahamiyat kasb etdi. O’zbekistonda S. fani 1954 y.dan shakllandi, shu yili ToshTIda stoma- tologiya f-ti ochildi. 1956 y.da Max- sus stomatologik kafedralar tashkil etildi. Keyinchalik bunday kafedralar Samarqand, Andijon tibbiyot intlari- da, Toshkent vrachlar malakasini oshi- rish in-tida ham ochildi, 1994 y. Buxoro tibbiyot in-ti tashkil etilib, uning tar- kibida stomatologiya FTIning ochilishi S. fanining yanada ravnaq topishiga za- min yaratdi. O’zbekistonda S. fani rivojiga A. G. G’ulomov, M. V. Paradoksov, A. T. Bu- sigin, M. V. Busigina, shuningdek, V. A. Epishev, S. A. Zufarov, M. M. Miryoqubov, E. U. Mahkamov, T. X. Safarov, M. V. Beg- Metov va b. katta hissa qo’shganlar. Hoz. zamon S. fani terapevtik, XI- rurgik, ortopedik, bolalar S. kabi bo’limlarni o’z ichiga oladi. Terapev- tik S. tish (karies, pulpit, periodon- tit, nokaries xastaliklar) hamda og’iz shilliq qavati, lab, til kasalliklari diagnostikasi, davosi va profilaktika- si bilan shugullanadi. Xirurgik S. tish olishdan tashqari yuzjag’va unga qo’shni sog’alardagi yallig’lanishlar, o’smalar, shikastlanishlar, tug’ma va orttirilgan nuqsonlarni o’rganadi, og’iz bo’shlig’i va yuzjag’operasiyalari, plastik operasi- yalarni amalga oshiradi. Ortopedik S. ortopedik va ortodontik usullar bilan birlamchi va ikkilamchi tishlar qatori hamda tug’ma va orttirilgan tishlar nuqsonlarini davolaydi, yasama tishlar bilan tish qatori nuqsonlarini tiklay- Di. Bolalar S.si bola rivojlanishining turli davrlarida o’ziga xos xususiyat- larni hisobga olgan holda terapevtik, jarrohlik, ortopedikstomatologik yor- dam ko’rsatadi. Shu bilan birga stoma- tologik kasalliklarning kompleks Pro- filaktikasi choratadbirlarini ishlab chiqadi. Stomatologik kasalliklarni davo- lashda turli doridarmonlar, lazer va infraqizil nur, ultratovush, fiziote- rapiya usullari va h.k. dan foydalanila- Di. Ozoda Yuldoshxonova.