Stupa

Stupa (sanskritcha — cho’qqi) — asosan, dumaloq yoki to’rtburchak shaklda qurilib, diniy marosimlar- ga mo’ljallangan buddaviy me’moriy inshoot. Tarixiy manbalarda qayd qilinishicha, Buddaning jasadi kuy- dirilib, kuli 8 bo’lakka bo’linib, Max- sus qurilgan S.larga qo’yilgan. Ular Hindistonning 8 shaharida — Roja- grix, Vaysali, Kapilavastu, Allakap, Ramgaram, Vetxadip, Kushinagar va pip- palivan sh.larida bor. Keyinchalik S.ga yodgorlik sifatida Buddaning muqaddas deb sanalgan a’zolari (sochi, tishi va b.) solingan qutichalar joylashtirilgan. S.larning ichi bo’shliq emas, yaxlit tosh, ohaktosh, xom g’isht, paxsadan tiklangan, shakli minorasimon, qo’ng’iroqsimon yoki sharsimon bo’ladi. 4-5 sm dan bir necha m gacha. Dunyodagi eng baland S. Myanma- ning Yangon sh.dagi Shvedagon (poydevori 20 m, bal. 99 m) — me’morlik obidasi hisoblanadi. S.ning atrofi o’ralib, 4 ta darvoza qurilgan. Buddizm tarqalgan mamlakatlarda S.lar “dagoba”, “Subur- Gon”, “chorton”, “pagoda” deb nomlangan. O’rta Osiyo hududidagi S.lar 1-4-a.larga oid bo’lib, asosan, Jan. hududda joylash- gan. O’zbekistondagi Zurmala minorasi, Ayritom, Krratepa, Fayoztepa, Dalvar- zintepa qamda Ajinatepa (Tojikiston), Marv (Turkmaniston) S.lari ilmiy o’rganilgan. Bahodir Turg’unov.