Suaxili tili
Suaxili tili, kisuaxili bantu tillarining Sharqiy guruhiga mansub til; eng avvalo suaxili xalqi shu tilde so’zlashadi. Sharqiy va Markaziy Afri- ka mamlakatlarida tarqalgan (asosan, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, Ke- niya Respublikasi va Uganda Respubli- kasida ingliz tili bilan bir qatorda rasmiy til hisoblanadi). Turli man- balarga ko’ra, so’zlashuvchilarning umu- miy soni 35— 55 mln. kishi atrofida. S. kiungu, kimvita, kingare, kiungu- ja, kitumbatu, kivumba kabi 20 ga yaqin lahjadan iborat. S. taxm. 7-8-a. larda Sharqiy Afrika qirg’og’i xalqlarining Afrika ichki hududlari va Sharq mamla- katlari bilan savdo aloqalari tufayli ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi ja- rayonida shakllana boshlagan. Turli dav- rlarda S.da kiamu, kimvita va kiunguja lahjalari ustunlik qilgan. Kiunguja lahjasi haqiqiy S. areali (Zanzibar o.) dan tashqariga chiqib, Sharqiy va Mar- kaziy Afrikaga tarkalgan va adabiy tilga asos bo’lgan. Bantu tillari ichida S. katta miqdordagi arabizmlar (barcha so’zlarning 40%) mavjudligi, qad. Yozuv an’anasiga egaligi bilan ajralib tura- Di. S. 10-11-a.lardan Arab grafikasi, 20-a. boshlaridan esa lotin grafikasi asosidagi yozuvga ega.