Substantsiya

Substantsiya (lot. Substantia — mohiyat) — narsa va hodisalarning mohiyatini, asosini ifodalovchi tushun- cha. Odatda, materiya, modda so’zining si- nonimi sifatida qo’llaniladi. S. fal- safada xilmaxil olamning, ob’ektiv reallikning, tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri tarixini, inson bi- limlarining natijalarini ham o’ziga qamrab oluvchi konkretlikning nazariy in’ikosi, bilish nazariyasining aso- siy tushunchasi sifatida talqin eti- ladi. Bunday universal mohiyat muay- Yan narsa, hodisalar va ularning o’zaro aloqadorliklari orqali namoyon bo’ladi. Yunon faylasuflari S. deb narsalarning doimiy, tub va o’zgarmas xususiyatini, asl mohiyatini anglashgan, un-ta aktsidentsiya tushunchasini qaramaqarshi qo’yishgan. Keyinchalik sxolastlar butun mavju- dotning asl mohiyatini tashkil etuvchi S. — Xudodir degan g’oyani ilgari surdi- lar (q. Sxolastika). Olamning moddiy sababi va ilohiy S. haqidagi dualistic talqinni R. Dekart olg’a surdi, u Spinoza falsafasida yanada rivojlantirildi. I. Kant Sni tafakkurning aprior shakli, ya’ni tajribadan olingan bilimlarni sintezlovchi shakli deb izohladi. Uning fikricha, S.ning doimiyligi barcha vaqt mobaynida o’tkinchi bo’lgan narsalar- ga nisbatangina namoyon bo’ladi. Gegel Sni narsalardagi o’zgaruvchan, o’tkinchi tomonlarning yaxlitligi sifatida ta’- riflab, uni “har qanday haqiqiy rivoj- lanishning asosidir”, deydi. Sharq falsafasida Forobiy Sni eng umumiylik sifatida tushuntirgan. Ibn Sino Sni “substantsional umumiylik va aktsidental umumiylik”ning o’zaro mu- nosabati doirasida talqin etib, ular- ning birbiri bilan bog’langanligiga, biri ikkinchisisiz mavjud bo’la olmas- ligiga e’tiborni qaratdi. Sni tushu- nishda ham materialistik, ham idea- listik qarash bor. Materialistlar S. deb ob’ektiv reallikni, materiyani, idealistlar esa, Xudoni, mutlaq g’oyani, ruhni, umuman moddiy bo’lmagan asos- ni tushunadilar. Pozitivistlar Sni mavhum tushuncha sifatida ta’riflab, bu tushuncha tadqiqotchini chalg’itib, uning fikrini yo’q narsaga bog’lab qo’yadi, as- lida odam xilmaxilliklar va ularning birliklaridan iborat, bunga esa mod- diylik ham, ma’naviylik ham kiradi deb hisoblashadi. Hoz. zamon tabiatshu- nosligi uchun S. faqat rasmiy tushuncha bo’lib, hodisalarni ifodalovchi degan ma’noni bildiradi.