Sud hokimiyati
Sud hokimiyati – hokimiyatlar bo’linishi qoidasiga ko’ra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmog’i. U o’zida: a) Odil sudlovni amal- ga oshirish vakolatlari, ya’ni jinoiy, fuqarolik, xo’jalik, ma’muriy va kon- stitusiyaviy ish (nizo)larni prosessual, qonun bilan belgilangan tartibda ko’rib chiqish vakolatlari yig’indisini, ba’zi mamlakatlarda, shuningdek, huquq norma- larini izohlash vakolatlari ni, qonun ijodkorligi vakolatlari va b. 2daraja- li vakolatlarni; b) yuqorida qayd etil- gan vakolatlarni amalga oshiruvchi dav- lat organlari tizimini mujassamlash- tiradi (q. Sud tizimi). S.G’. vakolatlari asosiy — Odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga bo’linadi. Hoz. zamon demokratik dav- latlarida S.h.ning asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar zimmasiga yukla- nadi. O’zbekiston Respublikasida S.h. ij- timoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun ustuvorligini ta’- minlashga, inson huquklari va erkin- liklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etish- ga karatilgan. Mamlakatimizda S.h.ning konstitusiyaviyhuquqiy maqomi, tuzi- lishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va O’zbekiston Respubli- kasining “Sudlar to’g’risida”gi qonuni va b. qonun hujjatlari bilan belgilana- Di. Konstitusiyada mustahkamlanishicha, “O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiya- lardan, boshka jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi” (106mod- da). Zayniddin Islomov.