Sug’d tili

Sug’d tili — eroniy tillar- ning shim.Sharqiy guruhiga mansub ulik til. Zarafshon daryosi vodiysi (hoz. O’zbekiston va Tojikiston hududi) da joylashgan Sug’d (Sug’diyona) dav- latining rasmiy tili hisoblangan. “Sug’d” toponimi qad. yozma manbalardan “Avesto”da uchraydi. Xitoy manbalari- ning guvox^lik berishicha, 8— 9-a.lar (S.t.ning asosiy yozma yodgorliklari yara- tilgan davr)da st. asosiy yozma va og’zaki aloqa tili hisoblangan. Keyinchalik, arablar bosqinidan sung, st. Arab, klas- sik fors (tojik) tillari hamda turkey tillar tomonidan siqib chiqarilgan. S.t. ning uzilkesil yo’qolishi 12-13 a.larga to’g’ri keladi. Bu tilning ba’zi (asosan lug’aviy) unsurlari hoz. o’zbek va tojik tillariga singib ketgan. S.t. bir necha sheva va lahjalarga bo’lingan. Sug’diyona hamda uning G’arbiy Xitoydagi mustamlakalarida topilgan yodgorliklar tili sug’diy shevalarning g’arbiy guruhini aks ettiradi. Sharqiy Sug’d tarmog’i esa rivojlanib, hoz. yag’nob tiliga asos bo’lgan. S.t. vokalizmi cho’ziqligi jihatidan o’zaro qaramaqarshi qo’yiluvchi 5 juft unli (a—a, i—i, u—u, e—e, o’— o’), 2 juft diftong va o’z juftiga ega bo’lmagan e fonemasidan, konsonant tizimi esa 19 fonemadan iborat bo’lgan. Grammatik qurilishida analitik belgilar bilan bir qatorda qad. flektiv turga xos xusu- siyatlar ham mavjud bo’lgan. Sug’d yozuvi qad. oromiy yozuvi asosida mil. 1-a. boshlarida shakllangan. Turli davrlarda o’zgarib borganligi tufayli bir necha ko’rinishga ega. Eng qad. yod- gorliklari 2-4-a. larga mansub. Ular Sharqiy Turkiston, Tojikiston (Mug’ qal’a xarobasi), Afrosiyob, Toshkent, Quva va b. joylarda topilgan. Afrosi- yobdan topilgan 16 satrli hujjat matni 7-a. o’rtalaridagi O’rta Osiyo xalqlari hayoti haqida qiziqarli ma’lumot bera- Di.