Sug’d yozuvi

Sug’d yozuvi — mil. 1-9-a.larda mavjud bo’lgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harftovush yozuvi; u bir man- ba — oromiy yozuvidan tarqalganligiga ko’ra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shaklla- nib, rivojlanganlar. Zarafshon daryosi- ning vodiy va yukrri oqim qismlarida joylashgan Sug’d (Sug’diyona) viloyatida qo’llangan. Syo. Somiy alifbolar singari kon- sonant yozuv bo’lgan, ya’ni xarflar aso- san undosh tovushlarni ifoda qilgan; unli tovushlar maxsus belgilarga ega bo’lmagan. Dastlab unda 22-23 harf mavjud bo’lib, ularning deyarli barchasi qad. oromiy prototipiga borib takalgan va joylashishi ham oromiy alifbosi- dagi singari bo’lgan. Keyinchalik, 4-a. boshlarida ba’zi harflarning alifbo- dan chiqib ketishi, ba’zi harflarning shaklan birbiriga yaqinlashuvi, o’xshab qolishi natijasida harflar soni 17 ta- dan iborat bo’lib qolgan. Syo. Dastlabki paytlarda grafik shakllari bo’yicha oro- miy yozuvidan unchalik farq qilmagan, li- gaturalar ko’p bo’lmagan. 7-a. o’rtalarida esa Syo. ning kiya (kursiv) shakli paydo bo’lishi bilan ligaturalar ko’paygan, ko’plab harflarning yozilishi birbi- riga o’xshab qolgan. Bu holat qiya yozuvni qiyinlashtirgan va qo’shimcha diakritik belgilar qo’llanishini taqozo etgan. Syo. asosan gorizontal holatda o’ngdan chapga qarab yozilgan. Ammo sug’dlar 6-a. oxiridan boshlab vertikal yo’nalishda ham (devorlar va kryalarda) yozganlar, ver- tikal satrlar chapdan o’ngga tomon joyla- shib borgan. Syo. ning mil. 1-a.ga oid eng qad. namu- nasi Samarqand yaqinidagi Talli Barzu degan joydan topilgan, eng so’nggi namu- nalari esa 8-a. oxiri — 9-a. boshlariga mansub. Yodgorliklarning kupi 20-a.da Sharqiy Turkistondan topilgan. Shular- dan biri 808-821 y.larda hukmronlik kilgan xoqon sharafiga bitilgan, uch til- dagi (Sug’d, qad. turk va Xitoy) qabr toshi yozuvidir. Syo. namunalarining aksariyati 4-8-a.larga tegishli bo’lib, ulardan Mug’ qal’a xarobasidan topilgan hujjatlar (1933) muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlar va Syo.ning ba’zi boshqa yod- gorliklarida Sug’d adabiy tili me’yor- lari, uning adabiy-badiiy uslubi yaqqol seziladi. Syo., o’z navbatida, qad. Turkey runik yozuvi hamda uyg’ur yozuvshsh. shak- llantirish uchun asos bo’lgan. Syo. ni va Sug’d tilini o’rganishga Sankt-Peterburglik olim V.A. Lif- Shis katta hissa qo’shgan. Hoz. kun- da O’zbekistonda ham o’ziga xos sug’dshunoslik maktabi vujudga kelgan: prof. M. Ishoqov va uning shogirdlari Sug’d yozuvi, Sug’d tili va adabiyotining turli jihatlarini, xususiyatlarini o’rganib kelmoqdalar. S.yo. yodgorlikla- rining asosiy qismi Sankt-Peterburg, London, Parij, Berlinda saqlanmoqda. Ad. L.Oranski y I.M., Vvedenie v iranskuyu filologiyu, M., 1960; dirin- Ger D., Alfavit, Per. s angl., M., 1963; Fridrix I., Istoriya Pisma, Per. S nem., M., 1979. Abduvahob Madvaliev.