SUG’URTA QOPLAMASI LIMITI
SUG’URTA QOPLAMASI LIMITI – sug’urta kompaniyasining filiali, bo’limi,shu’ba korxonasi tomonidan bitta sug’urta hodisasi bo’yicha mustaqil to’lanadigan sug’urta qoplamasining eng yuqori miqdori. Bu miqdorni sug’urta kompaniyasi boshqaruvi joylardagi sug’urta summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning malakasidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi.