Suhravardiylik, suhravardiya

Suhravardiylik, suhravardiya — tasavvuf tariqati. Asosiy g’oyasi — odamlarning qalbi va ruhini poklashga undash. Asoschisi — Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy (1144-1234). 12-a. oxiri — 13-a. boshida Irokda, Ikki Daryo oralig’i hududida zohidlik maktabi doirasida tarkib topgan. S. shaharliklar tariqati bo’lib, a’zolari soni savdohunarmand ahli va jamiyat- ning o’qimishli qatlamlari hisobiga ko’payib borgan. Umar Suhravardiy sunniylik aqoidchisi bo’lib, mo”tadil sufiylik qarashlarini targ’ib qilgan va Bag’dodning siyosiy hayotida faol qatnashgan. Uning asarlari Abu Homid G’azoliy asarlari bilan birga S.ning g’oyaviy asosi bo’lgan. Umar Suhravardiy 2 ta asar yozgan. Birinchisi, “kashf al- fidoyix alyo’naniyna va rashf annasaix animoniya” bo’lib, yunon falsafasi- ni, jumladan, Aristotel peripate- tizmini tanqid qilishga bag’ishlangan. Ikkinchisi, bizgacha etib kelgan asari “Avorif ulmaorif” bo’lib, u 63 bobdan iborat, asosan, tasavvuf gnoseologiya- si, odobaxloqi, psixologiya amaliyotiga bag’ishlangan. Unda dunyoviy ilm bilan iloxiy ilmning uzviy bog’lanishi tan olingan. Asarda “dunyoviy ilm — go’yoki sut, Iloqiy ilm esa — uning qaymog’i” deb hisoblangan. Bu bilan muallif ma- teriyaga qaraganda ruh yuqoriroq mavqega ega demoqchi. Bu kitob keyingi davrlar- da yashagan barcha sufiylarning avlod- lari uchun tasavvuf axloqi va amaliyoti masalalari bo’yicha qo’llanma vazifa- sini o’tagan. Asar Arab, fors, nemis, ingliz tillarida ilgarilari ham, 20-a. da ham ko’p marta nashr etilgan. S. key- inchalik Hindiston (Sind, Panjob, Mo’lton, Gujarot)da tarkalgan va chish- tiylik tariqati bilan bir qatorda eng ta’sirli tariqat sanalgan, dastlabki davrda bu mamlakatga kelib qolgan kam- sonli musulmonlarni birlashtirishda muhim rol o’ynagan. S. Sharq mamlakat- larida keng tarqalib, har xil davrdagi allomalar unga o’z hurmatlarini bil- dirishgan. Mas, Alisher Navoiy uni e’- zozlab tilga oladi. Shayx Sa’diy Umar Suhravardiyni o’zining ustozi deb bil- gan. Amir Temurning piri Shayx sham- siddin Kulol ham S. tariqatiga mansub edi. S. 16-17-a.larga kelib bir necha mustaqil oqimlar (shattariya, bahoiya, ja- loliya, jamoliya, Mahmudiya, davlatshohiya va b. oqimlar)ga bulinib ketdi. Omonulla Fayzullaev.