SULFAT KISLOTA

SULFAT KISLOTA – H2SO4 2 asosli kuchli kislota. Oddiy sharoitda hidsiz, rangsiz, og’ir moysimon suyuqlik; zichligi 1,83 g/sm3(15° da), qotish t-rasi 10,45°, qaynash t-rasi 296,2°. S.k. suv- ni o’ziga yutib, ko’p mikdorda issiklik chiqaradi. Shu sababli uni suyulti- rishda kislotaga suv qo’shish salbiy oqibatlarga olib keladi (kuchli portlash sodir bo’lishi mumkin). S.k.ni suyulti- rish uchun uni ozozdan suvga qo’shiladi. S.k. ning suvdagi eritmalarini so- vitish yo’li bilan uning H2SO4H2O, H2SO42H2O, H2SO44H2O tarkibli gidratlari olingan. S.k. sulfatlar va gidrosulfatlar hosil qiladi. Kontsen- trlangan S.k. kuchli oksidlovchi. Sulfat angidridning S.k. dagi eritmasi “tu- tovchi” S.k. yoki oleum nomi bilan yuri- tiladi. S.k. oltingugurt, oltingugurt kolchedani FeS2, sulfit angidrid SO2 va b. dan ham hosil qilinadi. S.k. kimyo sanoatining muhim mahsuloti. O’g’it tayyorlashda, metallurgiyada, neftni to- zalashda, bo’yoqchilik sanoatida, sun’iy tolalar, portlovchi moddalar, xlorid kislota olishda, qo’rg’oshinli akkumu- lyatorlarda elektrolit sifatida va b.da ishlatiladi. S.k. ishlab chiqarishdagi zaharli gaz- lar (SO2 va NO2), shuningdek, SO3 va H2SO4 bug’lari ancha xavflidir. Shuning uchun qurilmalarni yaxshilab germeti- klash va shamollatish kerak. S.k. terini kuchli kuydiradi, u bilan ishlaganda himoya vositalari (ko’zoynak, rezina qo’lqop, fartuk, etik)dan foydalanish zarur.