Surnay
Surnay (fors, sur — to’y, bay- RAM va nay; to’yda chalinadigan nay) — puflamatilchali musiqa cholg’u asbobi. O’zbek, tojik, uyg’ur va b. xalqlarda keng tarqalgan professional sozlardan. Aso- siy tanasi 400-550 mm uzunlikdagi me- Vali daraxt (o’rik, tut, yong’oq) yog’ochidan, ichki tomoni tsilindr, ba’zida konus shaklida, karnaychasi kengaytirilgan holda yasaladi. Barmoq bilan bosiladi- gan 8 ta teshigi bor: 7 tasi yuza (ustki), 1 tasi orka (pastki) tomonida joylashgan. S.ning tilchasi (naypachoq, dudik) oddiy qamishdan pachoklanib ip bilan qattiq bo’g’ilib, birbiriga qapishtirib yasaladi va mil(Nil)iga kiygiziladi. Mil cholg’u tanasiga o’rnatilgan bachka (fors, bacha — bola so’zidan; S.ning tanasiga nisbatan boshqacha yog’ochdan ishlangan tsilindr)ga kiygiziladi. Milga esa ijrochi labi- ga tiralib, uning nafasini tashqariga chiqishidan muhofazalab turadigan el- Lips shaklidagi (hayvon shoxi, suyak, sadaf yoki metalldan ishlangan) halqa — sadaf o’rnatiladi. Surnay diapazoni bir yarim — ikki oktavani tashkil eta- Di (cisd dan h3c3 gacha va undan yuqori). S.ning tovushi jarangdor, kuchli va juda o’tkir. Farg’ona, Andijon, Toshkentda S.ning menzurasi (ichki teshigi Diame- tri) kengroq bo’lganligi sababli tovushi mayinroq va nolali, Xorazm Si tovushi keskin va chiyildoq. S.da tovush hosil qilish murakkab bo’lib, sozandaning uz- luksiz nafas olish jarayoniga asosla- nadi. Mazkur ijro turi O’zbekistonda “qaytarma nafas” (Xorazmda “dam ay- lantirish”) deyiladi. Bunda ijrochi lunjini shishirgan holda zaxira havoni og’zida saqlaydi va burundan nafas ola- yotgan paytida zaxiradagi xavoni chakka mushaklari yordamida surnay naychasiga yo’llaydi. Natijada S.ga havo yuborili- shida tovush uzilishiga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekistonda S. ijrochiligida, aso- san, 2 (Farg’ona — Toshkent va Xorazm) yo’nalishi mashhur bo’lib, bir necha mahalliy markazlar mavjud bo’lgan; An- Dijon (Buloqboshi)dan Hojimat mehtar, Rustam mehtar Yusufalizoda, Ashurali mehtar, o. Rustamov va b., Farg’onadan Otajon surnaychi, Qo’qondan Hamroqul surnaychi, Ahmadjon qo’shnay Umrzoqov va b., Toshkentdan Ubaydullaevlar, Mir- zaevlar, Sobirovlar sulolalari va b., Xivadan sariq mehtar, Bobojon sur- naychi, Xudoybergan Qurbon, keying paytda y. Tojiev, M. Matyoqubov va b. tanilgan. S. karnay, nog’ora yoki doira jo’rligida ommaviylashgan maxsus an- samblni tashkil qilib, milliy an’ana- viy tomoshalarda, (“surnay yoryori”), dor- boz, qo’g’irchoqboz o’yinlarida (“Duchava”, “Dor o’yin”, “Ufarlar”, Xorazmda “qum pishig’i”, “To’rg’ay”, “zuvoniy”, “Rotol- lo” va b.), turli marosim, yig’in va say- illarda, raqslarda (“Shodiyona”, “katta o’yin”, “Dilxiroj”, “Tanavor”, “muno- jot”, Xorazmda “Orazibon”, “Norimno- Rim”, “Elpasalandi” va, ayniqsa, “sur- nay lazgisi”) keng qo’llaniladi. S. yakka- Navoz cholg’u sifatida ham mashhur. Ijro imkoniyatlarining boyligi va o’ziga xos xususiyatlarga egaligi tufayli unda cha- linadigan kuylar alohida ajralib tura- Di. Shashmakrmdagi Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari sho”balari aso- sida yaratilgan surnay yo’llari “sunray Buzrugi”, “Surnay Navosi”, “Surnay Orazi”, “surnay Dugohi” (savt va Ufari bilan) g’oyat sevimlidir. “Mushkiloti Segoh va Ufari”, “surnay irog’i” kabi kuylarning ko’pchiligi yirik turkumli asarlardir. Ayniqsa, Navo maqomining S yo’llari keng tarqalgan bo’lib, aso- san, nikoh to’ylarida ijro etiladi. Xorazmda S. uchun maxsus S maqomlari mavjud bo’lib, ular tanbur chizig’iaa o’z aksini topgan (“Muxammasi rost”, Navo maqomidan “peshrav zanjiri”, “Ufari Navo” va b.), lily erda, shuningdek, maqom yo’llari negizida yaratilgan mumtoz kuy- lari ham mashhur (“Nadramaddin”, “Bi- rollayim” va b.). S. hozirda an’anaviy va ba’zi milliy estrada ansambllari, xalq cholg’u asboblari orkestrlarida ishlatilmoqda. O’zbekiston kompozi- torlaridan A. Kozlovskiy (“Lola” Syu- itasi), Sayfi Jalil (1simfoniyasi), M. Tojiev (4 va b. simfoniyalari) va b. S.ning o’ziga xos tembrini simfonik orkestri vositalari yordamida etuk ba- diiy mavkeda ifoda etganlar. S. ga yaqin sozlar Kavkaz (Ozarbayjon, arman va b.) xalqlari va turklarda zurna, Xitoyda Sona, Hindistonda shexnay deb ataladi. Botir Matyoqubov.