Sut

Sut — odam va sut emizuvchi hayvonlarning laktasiya davrida sut bez- larida ishlab chiqariladigan suyuklik; fiziologik jihatdan yangi tug’ilgan naslni oziqlantirishga mo’ljallangan murakkab kimyoviy tarkibga va barcha oziq moddalarga ega. Tarkibida suv, oqsil, yog’, mineral moddalar, vitamin- lar, fermentlar, gormonlar va b. mod- dalar bor. S. tarkibida organizmning normal o’sishi va rivojlanishi uchun za- rur ko’pgina oziq moddalarning maqbul nisbatlarda bo’lishi uni qimmatli oziqovqat mahsulotiga aylantiradi. Q.x. hayvonlari suti — qimmatli oziqovqat mahsuloti. Chorva hayvonlari Sdan sariyog’, sir, kazein, qatiq va b. mahsulotlar ishlab chiqariladi. Sigir suti ko’p iste’mol qilinadi. Qo’y, echki, biya, tuya, buyvol, qo’tos, shimol bug’usi va b. hayvonlar Sdan ham foydalanila- Di; hayvonlar S.ning tarkibi ularning turi, yoshi, ozikdanishi va saqlanish sha- roitiga, laktasiya davriga, yil mavsumi- ga qarab o’zgarib turadi. S oqsillari, asosan, kazein, al- Bumin va globulindan iborat. Shirdon fermenti va kuchsiz kislotalar ta’si- rida kezeinning ivish xususiyatidan tvorog, pishloq, kazein ishlab chiqarish. da foydalaniladi. Albumin yosh orga- nizmning o’sish jarayonlarini ta’min- lashda, globulin immun tanachalarning paydo bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Oqsillar tavsifiga ko’ra S. kazein- li (juft tuyoklilar — sigir, echki, qo’y) va albuminli (bir tuyoqli — biya, bug’u, eshak) S.ga bo’linadi. Kazeinli S. oqsilida kamida 75% kazein, albumin- li S.da 50-65% albumin bo’ladi. Bio- logik xususiyatlariga kura albuminli S kazeinli S.ga qaraganda foydaliroq hisoblanadi. S oqsilida hayotiy zarur barcha aminokislotalar, shu jumladan almashtirib bo’lmaydigan aminokislota- larning to’liq majmui bor; ayniqsa, S.da lizin, metionin va triptofan maqbul nisbatlarda mavjud; oltingugurtli aminokislotalar metionin va tsistin- ga boy. S oqsillarini organizm yaxshi o’zlashtiradi. S. yog’i kimyoviy tarkibiga ko’ra gliseridlar aralashmasidan ibo- rat, sovutilgan S.da diam. 0,1 dan 20 mkm (1 ml da 3 mlrd. ga yaqin) yog’donachalari (suspenziya), yangi sog’ilgan va isitilgan S.da tomchi (emulsiya) shaklida bo’ladi. Sovugan S.da yuzaga ko’tarilgan yog’dona- chalari qaymoqni hosil qiladi. S tarki- bidagi laktoza — disaxarid, sof oq kri- stal kukun, turli bijg’ish jarayonlariga oson kirishadi. S.da mineral moddalar organik va noorganik kislotalarning tuzlari shaklida mavjud. S.dagi mineral moddalar: mikroelementlar — kaltsiy, fosfor, natriy, kaliy, oltingugut, xlor, magniy va b. (100 g S.da aksariyat kal- tsiy — 115-130 mg%, fosfor —95—105 mg%), mikroelementlar — rux, mis, Mar- ganes, molibden, temir, kumush va b. bor. S.da (ayniqsa, ezda) vitaminlarning ko’p turi uchraydi; S. tarkibiga fermentlar (ulardan eng muhimlari — laktaza, pe- roksidaza, lipaza, amilaza, fosfataza, katalaza), gormonlar (oksitosin, Pro- laktin, tiroksin, follikulin, adrena- Lin, insulin va b.), kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo’lishiga yordam be- ruvchi immun tanachalar (antitoksinlar, agglyutininlar, opsoninlar va b.), gazlar (SO2, O2, N2, NH3) kiradi (jadvalga q.). S.li bijg’ishni keltirib chiqaradigan bakteriyalar S.ning normal mikroflo- rasini hosil qiladi. Yangi sog’ilgan S. tarkibida antibakterial moddalar (lak- teninlar) bo’lgani uchun u bakterisid xususiyatga ega. Yangi sog’ilgan S. bakte- riyaga chidamliligini 2-3 soat saklay- Di, shuning uchun sogilgandan keyin S.ni darhol 10° dan past haroratgacha sovuti- ladi, 4-6° da S.ni ikki sutka saklash mumkin. S. zavodlarda pasterlanadi va qaynatiladi. Pasterlangan S. qaymog’i olinmagan, yog’liligi standart norma- ga etkazilgan, vitaminlashtirilgan bo’ladi. O’zbekistondagi S. z-dlarida Sdan se- Parasiya usulida qaymoq, sariyog’olinadi, pasterlangan va qaynatilgan ichimlik S, sut kukuni, quyultirilgan (konservalan- gan), vitaminlar kushilgan S.lar va b. mahsulotlar ishlab chiqariladi (q. Sut sanoati). Talat Akmalxonov.