Suv kadastri
Suv kadastri — mamlakatning suv resurslari to’g’risida tartiblashti- rilgan ma’lumotlar majmui. S.k. jami suvlarning mikdor va sifat tavsiflari bo’yicha hisobga olish ma’lumotlarini, shuningdek, suvdan foydalanishni qayd qilish va qisobga olish ma’lumotlari- ni o’z ichiga oladi. Suvlardan samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta’minlash S.k.ni yuritishning asosiy maqsadi hisoblanadi. S.k. ma’lumot- laridan suvdan foydalanishni reja- lashtirish va suv xo’jaligi tadbirla- rini o’tkazishda foydalaniladi. S.k. 3 bo’limdan iborat: er usti suvlari; er osti suvlari; suvdan foydalanish. S.k.ning har bir bo’limida doimiy (ka- talog), yillik va ko’p yillik ma’lumot- lar beriladi. Suv havzalarini yillik va ko’p yillik kuzatish orqali ular- ning hajmini belgilovchi ko’rsatkichlar aniqlanadi (suv havzalari o’zani, hajmi va h.k. ma’lumotlar). Suvlar tarkibi bo’yicha ma’lumotlar (sho’rligi, mine- rallashganligi, harorati va h.k.) suv havzalarining sifat ko’rsatkichlarini tashkil qiladi. Bundan tashqari, suv havzalari to’g’risidagi ma’lumotlar (nomi, joylashgan o’rni, gidrotexnika inshootlari mavjudligi) S.k.ga kiri- tiladi. S.k.da suv monitoringi — suv zaxiralaridagi o’zgarishlarni o’z vakti- da aniklash, ularga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish, ularga barham berish uchun suvlarning holati ustidan olib boriladigan kuzatuv ti- zimi ma’lumotlari muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston hududidagi er usti suv resurslari haqidagi to’liq ma’lumotlar birinchi marta 1933-40 y.larda Davlat gidrologiya in-ti tomonidan tayyorla- nib, suv resurslari ma’lumotnomasi, daryolar rejimi, suv sathi ma’lumotlari haqidagi nashrlarda ko’rsatilgan. O’zbekiston Respublikasi S.k. yuri- tish tartibi O’zbekiston Respublika- sining “suv va suvdan foydalanish to’grisida”gi qonuni (1993 i. 6 may)ga muvofiq olib boriladi. Davlat S.k. va suv monitoringini yuritish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vako- latiga kiradi.