Suv osti vodiylari

Suv osti vodiylari, suv osti kan’onlari — dengiz va okeanlar tubi- ning erozion, tektonik kuchlar ta’siri- da o’yilishi natijasida hosil bo’lgan uzun cho’zilgan to’g’ri yoki egribugri chuqurliklar. Dengiz va okeanlarning materik sayozligi, yon bag’ri va tubida uch- raydi. Erozion So.v. daryolarning den- gizga quyilish qismining cho’kishi yoki dengiz sathining ko’tarilishi oqibatida hamda quruqlikdan keltirilgan turli mayda jinslarga boy dengiz osti Su- spenzion oqimlarning ishi natijasida xreil bo’ladi. Ba’zi S.o.v. yirik daryolar quyilish erining davomi hisoblanadi. Dengiz sathining ko’tarilishi nati- jasida daryolarning suv ostida qolib ketgan vodiylari yaxshi saqlangan (Gud- zon, Hind, Kongo va b.). Materik yon bag’irlarida bunday vodiylar V Simon shakldagi jo’yaklarni, Nishab akkumu- lyativ shleyflar va okean tubi tekis- liklarida chuq. 50 m dan bir necha yuz m gacha, eni 1-3 km, uz. 100 hatto ming km ga cho’zilgan egribugri vodiylarni Vu- judga keltiradi. Tektonik S.o.v. ocean o’rtaliq suv osti tizmalari zonalari- ning Markaziy (Rift) qismida materik chetlarining yorilishi, sinishidan yuzaga keladi. S.o.v.ning kelib chiqishida muz- liklar ham bevosita rol o’ynaydi.