Suvaraklar
Suvaraklar (Blattoptera) — hasharotlar turkumi. Uz. 4-95 mm. Oldingi ko’krak bo’g’imi boshini qisman yopib turadi. Mo’ylovlari uzun, qilsimon, ko’p bo’g’imli. Og’iz organla- ri kemiruvchi. Qanotlari pardasimon, oldingi qanotlari nisbatan qalin. Bir qancha turlarining qanoti rivojlanma- gan yoki bo’lmaydi. Oyoklari yuguruvchi. Erkaklari qorin bo’shlig’ida hid bezla- ri bo’ladi. Chala o’zgarish orqali rivoj- lanadi. 3600 ga yaqin turi bor; asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. S. — tungi, yashirin hayot kechiradigan hasharotlar. O’simlik qoldiqlari ora- sida, toshlar ostida, erdagi yoriqlarda yashaydi. Tuxumlarini maxsus kapsula — ootekaga qo’yadi, 3-4 oydan 3— 4 yilgacha rivojlanadi. Hamma narsani eyaveradi. Qora suvarak va sariq suvarak Sinan- trop bo’lib, er yuzining hamma joyida xonadonlarda yashaydi. S uyda oziq za – xiralari, xona o’simliklari, kitoblar- ga va teridan tikilgan kiyimlarga ziyon keltirishi, ichburug’bakteriyalarini va gelmintlar tuxumlarini tarqatishi mumkin. O’zbekistonda S.ning 30 ga yaqin turi, jumladan, xonadonlarda 2 turi (sariq suvarak va qora suvarak) tarqalgan.