SUVNI CHUCHUKLANTIRISH

SUVNI CHUCHUKLANTIRISH – kuchli minerallangan va sho’r dengiz suvlarini xo’jalikda ishlatiladigan va ichimlik suv holiga keltirish; tabiiy suvlar tarkibidagi tuzlar kontsentrasi- yasini (1 g/l gacha) kamaytirish. S. ch. Ning distillash, muzlatish, elektrodializ, giperfiltrasiya va b. usullari bor. Suv- ning agregat holatini o’zgartirib (dis- tillab, muzlatib) xam, agregat holatini o’zgartirmay (elektrodializ, giperfil- trasiya) ham suv chuchuklantiriladi. Tuz- li suvlarni distillab chuchuklantirish- da avval u qizdiriladi va hosil bo’lgan bug’kondensatlanadi (q. Distillangan suv). Muzlatib chuchuklantirishda tuzli suv muzlatilganda chuchuk suv muzi kri- stallari va bu kristallar orasida tuz- li suv muzi kristallari hosil bo’lish xossasidan foydalaniladi. Erish jara- yonida avval tuzli suv muzi kristallari suyuq holatga o’tadi. Elektrodializ usu- li bilan S.ch.da suvdagi tuz eritmalari- ning kation va anionlari chuchuk suvni o’tkazmaydigan maxsus ion almashinuvchi membranalar orqali chiqarib yubori- ladi. Giperfiltrasiya (qayta osmos) usulida esa atsetilsellyuloza yoki po- liamid smolalardan tayyorlangan yarim kirituvchan membranalar suv molekula- larini o’tkazib, suvdagi tuz eritmala- rining gidratlangan ionlarini tutib qoladi. Bu usullarning hammasi maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi (yana q. Dializ, Osmos). Er yuzidagi ko’p mam- lakatlarda chuchuk suv tanqisligi bois okean, dengiz suvi, er osti suvlari chu- chuklantiriladi. Ba’zi yirik kemalarda S.ch. qurilmalari bo’ladi. Ular shu kema ehtiyoji uchun suvni chuchuklantirib be- radi.