Suvning qattiqligi

Suvning qattiqligi – tar- kibida SaQ2 va Md2q ionlari bo’lgan suviing xossasi. S.q. 2 xil: nokarbonat qattiqlik — suvda kaltsiy va magniy sulfatlar erishidan kelib chiqadi; karbonat qattiqlik — suvda kaltsiy va magniy bikarbonatlar erishidan hosil bo’ladi. Suvning umumiy qattiqligi shu qattikliklar yig’indisiga teng. Umumiy qagtiklik 1 l suvdagi kaltsiy va magniy ionlarining milligrammekvivalentla- ri yigindisi (mgekvg’l) bilan o’lchanadi. Qattiqligi 4 mgekv/l dan kam bo’lgan suv yumshoq, 4-8 mgekv/l bo’lgan suv o’rtacha qattiq, 12 mgekv/l dan ortiq bo’lgan suv esa juda qattiq suv hisoblanadi. Tabi- iy S.q. turlicha. Dare va ko’l suvining qattiqligi 0,1—0,2 mgekv/l (tayga va tundra), er osti suvi, dengiz va ocean suvining qattiqligi 80— 100 mgekvg’l. S.q. tufayli bug’kozonlari devorlari- ga cho’kmalar cho’kadi, kir yuvganda sovun ko’p sarflanadi. Qattiq suvda sabzavot, go’sht yaxshi pishmaydi va h.k. S.q. kata bo’lsa, siydikda tosh paydo bo’ladi. Mar- kaziy suv ta’minotida, asosan, iste’mol qilinadigan S.q. 7 mgekv/l gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi. S.q. katta bo’lganda suvni yumshatish usullari qo’llanadi.