Suyuq kristallar

Suyuq kristallar, suyuq kri- Stall holat, mezomorf holat — modda- larning suyuqlik (oquvchanlik) xossala- ri hamda qattiq kristallarning ba’zi xossalari (anizotropiya) ga ega bo’lgan oraliq holati. S.k. hosil qilgan modda- larning molekulalari tayoqcha yoki cho’ziq plastinkasimon shaklda bo’ladi. Ter- motrop va liotrop xillarga bo’linadi. Termotrop S.k. — ma’lum tra oralig’ida mezomorf holatda, undan past trada qattiq kristall, yuqori trada esa oddiy suyuklik holatida bo’ladi. Mac, iazoksi- anizol 118,27° da anizotrop bo’lib, suyuq kristallar hosil qiladi. 135,85° da esa u izotroplikni namoyon qilib, oddiy suyuqlikka aylanadi. Ba’zi moddalar- ning maxsus erituvchilardagi eritmasi liotrop S.k. deyiladi. S.k. molekulalarining tartiblanish darajasiga ko’ra nematik (“azoksioni- zol, sintetik polipeptid eritmalari) va smektik (sovunning suvdagi eritma- si) S.k. ga bo’linadi. Nematik va smektik S.k.ning tashki ko’rinishini polyariza- tsion mikroskop yordamida osongina AJ- ratish mumkin. Nematik S.k. ipsimon, smektik S.k. konussimon, tayoqchasimon va bosqichli tuzil gan. S.k.ning xolesterik (xolesterinning propil efiri) xili ham mavjud bo’lib, uning molekulalari birbiriga paral- Lel joylashgan uzunchoq plastinkasimon shaklda. Xolesterik S.k. organik suyuk- diklar va qattiq kristallarning op- tik faolligidan bir necha marta yuqori bo’lgan optik faollikkya ega. Ba’zi termotrop S.k. 2 mezomorf holatda bo’lishi mumkin (q. Polimor- fizm). Bunda strukturaviy o’tishlar quyidagicha: qattiq^smektik— jematik—>amorfsuyuq kristall faza sxemasi bo’yicha boradi va 1 tartibli faza o’tish sodir bo’ladi. S.k. elastik, magnit va optic anizotroplik, yopishqoqlik, elektr o’tkazuvchanlik va b. xossalarga ega. S.k. 1888 y.da F. Reynitser va o. Le- manlar tomonidan kashf etilgan. Ad.: Pikin S . A., Strukturnie Pre- vratshenie v jidkix kristallax, M., 1981. Amerik Yu.B., Krendel B.A., Ximiya jidkix kristallov i mezomorfnix po- limernix sistem, M., 1981.